“Inter” himoyachisi Milan Shkrinyar Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan “Udineze”ga qarshi o‘yinda avtogol muallifiga aylandi.
Shu tariqa 27 yoshli sloveniyalik futbolchi 2017 yilda “Inter”dagi debyutidan buyon A seriyadagi 4-avtogolini urdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shkrinyar "Bari" himoyachisi Franchesko Vikari bilan birga Italiya chempionatida "peshqadamlik" qilmoqda.