Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«San-Paolo» — Klopp uchun omadsiz stadion?!..

«San-Paolo» — Klopp uchun omadsiz stadion?!..

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp uchun «qora kunlar» davom etmoqda. APLda bemajol start olgan «Liverpul» (dastlabki 6 turda atigi 9 ochko va 7-o‘rin!) YECHL guruh bosqichi startida ham o‘ta noshud ko‘rindi.

Germaniyalik mutaxassisning tajovuzkor jamoasi Neapolda «Napoli»ga aytarli qarshilik ko‘rsatolmadi - 1:4 hisobli mag‘lubiyat bunga dalil.

Goal ma’lumoti bo‘yicha aytsak, o‘zi «Napoli» Yurgen Klopp jamoalari uchun eng noqulay raqiblardan biri hisoblanadi. Har holda, germaniyalik tan olingan mutaxassis 7 sentyabr oqshomi shovqinli «San-Paolo» stadionida 4-marta mag‘lublikni tan oldi. Kloppning murabbiy sifatida Neapolga birinchi tashrifi 2013 yili kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda «Borussiya» D. ortga 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgandi. 

Klopp «San-Paolo»dagi keyingi 3ta omadsiz o‘yinni «Liverpul» boshqaruvida o‘tkazdi. Diqqat qiling, «qizillar» bunda 1tagina gol urib, 7ta qo‘yib yuborishdi. «Liverpul» 2018 va 2019 yillarda ham «Napoli»ga qarshi safar o‘yinlarida hech narsa qilolmagandi. Bu safar esa 4ta gol qo‘yib yuborgan holda, mutlaq mag‘lubiyatga duch keldi. Ha, Yurgen Klopp va «Liverpul» uchun «San-Paolo»da oson emas. 

Fakt. «Napoli» CHLning 1ta o‘yinida Yurgen Klopp boshqaruvidagi «Liverpul» darvozasiga 4ta gol urgan ikkinchi klub bo‘ldi. «Qizillar» bunga qadar faqat 2018 yilning 2 may kuni CHL yarim final o‘yinida «Roma»dan 4ta gol qabul qilishgandi (2:4). Umuman, «Liverpul» Neapol safariga qadar 2021 yilning fevralidan buyon 1ta o‘yinda 4ta gol qo‘yib yubormagandi. O‘shanda jamoa APL doirasida «Manchester Siti»ga 1:4 hisobida yutqazgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:43, 19.09.2022.
O'qildi: 1459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.