Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Xohishi – «oltin to‘p», kumiri – LeBron...

Xohishi – «oltin to‘p», kumiri – LeBron...

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe The New York Times gazetasiga katta intervyu berdi

Kilian Mbappe - futbol olamida so‘nggi kunlarning bosh qahramonlaridan biri. U «Yuventus»ga qarshi o‘yinda «dubl» qayd etib, CHLda 35ta gol marrasiga eng tez yetgan futbolchi bo‘ldi. O‘yin vaqti 23 yoshu 260 kunlik bo‘lgan fransiyalik goleador bu borada Lionel Messi rekordi (23 yoshu 307 kun)ni yangiladi. Kilian The New York Times jurnalistlari bilan suhbat davomida ko‘p mavzular yuzasidan gapirdi - «Real»ga transferi amalga oshmagani, «Oltin to‘p» bo‘yicha rejalari va hattoki, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga munosabati...

15 yoshida o‘z suratini Times jurnali muqovasiga joylashtirdi, 4 yildan keyin bu real voqelikka aylandi. 2014 yili Mbappe «Monako» akademiyasida shug‘ullanayotgan payt murabbiylar u va tengdoshlaridan o‘z siymolarini qaysidir jurnal muqovasida aks ettirishlarini so‘rashadi. Shunda Kilian «Osilsang, baland dorga osil» qabilida ish tutib, o‘z tasviri uchun mashhur Times jurnali muqovasini tanlaydi. Kamiga yosh hujumchi surat ostiga «Maestro» yozuvi bilan imzo chekadi va bir necha sarlavha ham o‘ylab topadi. Yigitcha fantaziyasiga qarang: «Joze Mourinyo tez orada porlashimni, Didye Desham esa Fransiya milliy jamoasiga chaqirmoqchi ekanligini aytdi». Shu voqeadan atigi 4 yil o‘tgach, Mbappening surati reallikda Times jurnali muqovasini bezadi. «Bunga ishonish qiyin - aql bovar qilmaydi, - dedi Kilian. - 15 yoshimda barcha bolalar kabi behisob orzular og‘ushida yurardim. Qarangki, qisqa vaqtda hammasi ro‘yobga chiqdi. Bu shunchaki, zo‘r».

Emeriga shart - yomon o‘yin­lardan keyin ham zaxiraga «mixlamaslik». Mbappe 2017 yili ijara kelishuvi asosida «PSJ» safiga qo‘shilganida, o‘sha vaqtdagi bosh murabbiy Unai Emeri oldiga muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng uni darhol zaxiraga o‘tkazmaslik haqida shart qo‘ygandi. To‘g‘ri, agar ketma-ket bir necha o‘yin­da gol urolmagan taqdirda zaxirada o‘tirishga e’tiroz bildirmasligini ham aytgan. «Unda o‘sha paytdayoq faoliyatiga doir aniq rejasi bor edi. Deylik, «PSJ» bilan avvaliga 5 yillik shartnoma tuzishi, shu muddatdan so‘ng navbatdagi qadami haqida alohida o‘ylashini aytgandi», - deya Emeri so‘zlarini keltirdi The New York Times. 

Xayriya ishlari va Lebrondan o‘rnak olish. Kilian allaqachon shaxsiy xayriya jamg‘armasini ishga tushirgan. Futbolchi shuning vositasida Parij va uning atrofidagi kambag‘al oilalar farzandlariga yordam qo‘lini cho‘zadi. Qolaversa, Mbappe boshqa futbolchilarni ham shu xayrli ishga chorlaydi. Misol uchun, pandemiya payti Britaniyada bolalar va kambag‘allar uchun bir necha xayriya tadbirlarini tashkillashtirgan Markus Reshfordni alohida olqishladi. Kilian xayriya, shuningdek, biznes ishlarida amerikalik basketbolchi Lebron Jeymsdan ham o‘rnak oladi. Ikkisi 4 yilcha oldin Nike kompaniyasi tadbirida tanishgandi. «Lebron meni o‘zgacha ilhomlantiradi, unga hamisha dono maslahatchi sifatida qarayman», - dedi Kilian.

Aytishicha, Parijda pul uchun qolmadi. Mbappe «Real» taklifini pul tufayli rad etmaganini alohida ta’kidladi: «Tushuning, qaysi klubga borsam ham, pul olaman, baribir». Kilian shuning barobarida kelajakda Madridda o‘ynashi ehtimolini inkor etmadi: «Nima bo‘lishini hech qachon oldindan bilmaysan. Hali «Real»da o‘ynagan emasman, lekin bu klub xuddi uyimdek ko‘rinadi».

«PSJ» bilan shartnomasi muddatini Makron tufayli ham uzaytirdi. Mbappe Fransiya prezidenti uning «PSJ»da qolish qaroriga ta’sir qilganini tan oldi: «Hech qachon Fransiya prezidenti bilan kelajagim haqida gaplashishni xayolimga keltirmagandim. Bu odamni aqldan ozdiradigan holat. Prezident menga dangalini aytdi: «Fransiyada qolishingni xohlayman. Hozir ketishingni mavridi emas, mamlakat uchun juda muhimsan. «Real»ga o‘tish uchun hali vaqt bor, hozir shu yerda qol». Albatta, bunday e’tirofni mamlakat prezidentidan eshitganingda, ularni e’tiborsiz qoldirolmaysan».

Matbuot ayblovlariga javob. Kilianning aytishicha, «PSJ» bilan yangi shartnoma tuzayotgan payt ko‘plab imtiyozlar talab qilgani haqidagi gap-so‘zlarda mutlaqo asos yo‘q. Masalan, u bosh murabbiy nomzodi muhokamasida ham, qaysi futbolchilar xarid qilinishi masalasida ham ovozga ega bo‘lmagan. «Bular mening vakolatimga kirmaydi, - dedi Mbappe. - Umuman, bu kabi ishlarga aralashishni istamayman, chunki tajribam yo‘q. Hozir maydonda kuchliman, uning tashqarisidagi jarayonlar esa mening ishim emas. Bularni mendan yaxshiroq eplaydiganlar ko‘p».

Messi va Ronaldudan ke­yin «Oltin to‘p»lar to‘plashni xohlaydi. «PSJ» bilan CHLda g‘alaba qozonish - Kilianning asosiy maqsadi. U shuning barobarida «Oltin to‘p»ga ham da’vogar, albatta. Aytishicha, bu borada Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi vorisi bo‘lishga tayyor: «O‘ylaymanki, yaqin orada uni qo‘lga kiritaman. Har doim barchasini orzu qilishimni aytganman. Orzuning chegarasi yo‘q. Ertami-kech yangi avlod keladi. Ronaldu va Messi esa to‘xtashadi. Bu tabiiy jarayon».

O‘z hayotidan mamnun, ammo erta ulg‘ayganidan afsusda. Mbappe o‘zini oddiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi oddiy yigitdek tutishga harakat qiladi. U o‘z hayotidan mamnun, faqat erta ulg‘ayganidan afsusda. Har holda, o‘smirlik paytiyoq omma e’tiboriga tushib, mashhurlashgani nigohidagi qay­g‘udan seziladi. Ayni payt uning yonida sanoqsiz yordamchilari, tansoqchilari bor. Kilian ularsiz hech qayerga borolmaydi. «Bu - men orzu qilgan hayot, albatta, baxtiyorman va shukr qilaman. Lekin ba’zan odamlarning oddiy ishlariga boqib, qayg‘uga botaman. Masalan, ko‘chada bemalol muzqaymoq yeb borayotganlarini ko‘rganimda. Goho yolg‘iz ko‘chaga chiqib, bamaylixotir sayr qilishni istayman. Biroq bu ilojsiz ekanligini ham tushunaman. Qisqasi, faqat bitta narsadan afsuslanaman - bu erta ul­g‘ayganim».

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 19.09.2022.
O'qildi: 1884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.