Kirish Ro'yxatdan o'tish

Runi, Milner, Uilsher: APL tarixidagi eng yosh debyutantlar ro‘yxati bilan tanishing

Runi, Milner, Uilsher: APL tarixidagi eng yosh debyutantlar ro‘yxati bilan tanishing

Baho:
+ | -

APL o‘ziga xos liga ekanini bilamiz. U yerda nafaqat yuqori texnika va tajribaga e’tibor berishadi. Balki iste’dodingizga qarab, hatto, sizni maydonga tushirishlari ham mumkin. Yoshingizni esa ularga ahamiyati yo‘q. Asosiysi shunga loyiq bo‘lsangiz, bo‘lgani. Quyida APLda eng yosh debyut qilgan futbolchilar ro‘yxati taqdim etiladi.

Itan Nvaneri ‐ 15 yil, 5 oy, 28 kun

Nvaneri "Arsenal"ning "Brentford" ustidan qozonilgan g‘alabasida ishtirok etdi. Jarohatlangan jamoa sardori Martin Edegor tarkibga kiritilmagan edi. Uning o‘rniga Fabiu Viyeyra harakat qildi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Nvaneri Viyeyrani almashtirdi. Shunday qilib, 2007 yilda tavallud topgan yarim himoyachi APL debyutantiga aylandi.

Xarvi Elliot - 16 yil, 1 oy

Elliot Nvanerining debyutiga qadar rekordchi edi. U ilk bor 2019 yilda "Fulxem" safida ilk bor ko‘rinish bergan. O‘shanda yarim himoyachi 16 yosh edi. Ayni damda Elliot "Liverpul"da harakat qilmoqda. U Klopp jamoasida asosiy tarkib vakiliga aylandi.

Mettyu Briggs - 16 yil, 2 oy, 7 kun

Briggs APLda birinchi marta to‘p tepganida 16 yoshga to‘lganiga endigina 2 oy bo‘lgandi. U o‘z debyutini 2007 yilda "Fulxem" bilan o‘tkazadi. Ayni damda 31 yoshli futbolchi "Gosport Boro" safida harakat qilmoqda.

Izzi Braun - 16 yosh, 3 yil, 27 kun

Braunning debyut bahsi 2013 yilda, "Vest Xem" bilan kechadi. Keyinchalik u"Chelsi" akademiyasida harakat qilgan. Ammo asosiy jamoaga kira olmagan. Hozirda Braun 25 yoshda. Ammo asosiy karyerasini ijaralarda o‘tkazdi. Ayni damda uning klubi mavjud emas.

Aaron Lennon - 16 yil, 4 oy, 7 kun

Lennon 16 yoshida "Lids" bilan debyut qilgan va ushbu ro‘yxatdan joy olgan. U keyinchalik 21 marta Angliya terma jamoasida o‘yin o‘tkazgandi. Hozirda 35 yoshni qarshi olgan qahramonimiz, ayni bir klubga ega emas.

Jose Bakster - 16 yil, 6 oy, 9 kun

Bakster ilk o‘yinini "Everton" bilan "Blekbern"ga qarshi o‘tkazgan edi. 2008 yilda u 16 yosh bo‘lgan. Uning jamoasi esa o‘shanda 3-2 hisobida mag‘lub bo‘ladi. 30 yoshli himoyachining hozirgi qismati juda qiziq. Bakster AQSH chempionatida harakat qiladi.

Xepbern-Myorfi - 16 yil, 6 oy, 14 kun

Hozirda "Svindon" a’zosi bo‘lgan futbolchi, 2015 yilda "Aston Villa" safida ko‘rinish bergandi. O‘shanda u endigina 16 yosh bo‘lgan. Jamoasi esa "Sanderlend"ni 4-0 hisobida mag‘lub etgan. 24 yoshli futbolchi Kipr chempionatida uzoq yil harakat qilgandi.

Ris Oksford - 16 yil, 7 oy, 24 kun

Ilk bor 2015 yilda "Vest Xem"da paydo bo‘lgan Oksford, o‘shanda 16 yosh bo‘la turib, "Arsenal"ni yutishga yordam bergan. Ammo u londonliklar bilan yirik shartnoma imzolagach, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ydi. Oksford hozirda Bundesliganing "Augsburg" klubi sharafini himoya qiladi.

Jek Robinson - 16 yil, 8 oy, 7 kun

"Liverpul" safida 16 yoshidayoq himoyachi sifatida paydo bo‘lgan futbolchi bu Robinsondir. Bu oson bo‘lmagan. Ammo u eplagandi. O‘shanda mersisaydliklar "Xall Siti" bilan durangga imzo chekadi. 29 yoshli himoyachi hozirda "Sheffild Yunayted"da harakat qilmoqda.

Jek Uilsher - 16 yosh, 8 oy, 12 kun

Ushbu ro‘yxatdagi eng mashhur nomlardan biri bu Uilsherdir. U 2008 yilda ilk bor APL tablosida paydo bo‘ladi. 16 yoshli yarim himoyachi Angliyadagi eng zo‘r talantlar qatorida qaralgan. Ammo dahshatli jarohatlar uni o‘sishdan to‘xtatadi. Uilsher "Arsenal"dan ketib, "Vest Xem" hamda "Bornmut"da o‘ynab ko‘rgan. Hozirda 30 yoshni qarshilagan qahramonimiz, "Arsenal"ning 18 yoshgacha bo‘lgan jamoasida bosh murabbiylik qilmoqda.

Eynjel Gomes - 16 yil, 8 oy, 20 kun

Gomes o‘z vaqtida "MYU"ning eng katta kelajakka ega futbolchisi sifatida e’tirof etiladi. U 2017 yilda, 16 yoshida ilk bot debyutini o‘tkazgan. O‘shanda "MYU" "Kristal Pelas"ni mag‘lub etgandi. Hozirda 22 yoshda bo‘lgan yarim himoyachi, "Lill" sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, bu ro‘yxatdan joy olmagan ikki nomni alohida ta’kidlashni istardik. Ulardan biri APL afsonasi Ueyn Runidir. U ham ilk bor "Everton" safida 16 yoshida maydonga tushirilgan.
Shuningdek, "Liverpul"ning faxriy futbolchisiga aylangan Jeyms Milner ham xuddi shu yosh oralig‘ida APLda debyut qilgan. U 2002 yilda "Lids" safida porlagandi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 21.09.2022.
O'qildi: 2504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.