Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston ketma-ket 7ta o‘yindan buyon faqat g‘alaba qozonmoqda

O‘zbekiston ketma-ket 7ta o‘yindan buyon faqat g‘alaba qozonmoqda

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 qatnashchisi sanalgan Kamerun bilan o‘rtoqlik bahsini o‘tkazib, har ikki bo‘limda bittadan gol urib ishonchli g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Srechko Katanets boshqaruvidagi jamoamizning g‘alabali o‘yinlar seriyasi 7taga yetdi. O‘zbekiston 2022 yildagi barcha o‘yinlarda g‘olib bo‘ldi:

O‘zbekiston - Janubiy Sudan - 3:0
O‘zbekiston - Qirg‘iziston - 3:1
O‘zbekiston - Uganda - 4:2
O‘zbekiston - Shri Lanka - 3:0
O‘zbekiston - Maldiv orollari - 4:0
O‘zbekiston - Tailand - 2:0
O‘zbekiston - Kamerun - 2:0

Terma jamoamiz tarixidagi eng uzun g‘alabali seriya 8ta o‘yindan iborat bo‘lib, bunday natijaga Rustam Akramov (1994) va Samvel Babayan (2015-2016) davrida erishilgan.

Milliy jamoamiz tarixida yana bitta 7ta o‘yindan iborat g‘alabali seriya mavjud bo‘lib, bu 1999-2000 yillarga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda Mahmud Rahimov 6ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, uning o‘limidan keyin lavozimga tayinlangan Viktor Borisov bitta g‘alabaga erishgan.

O‘zbekiston 27 sentyabr kuni Mundialning yana bir ishtirokchisi Kosta-Rika bilan bahs yuritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:46, 23.09.2022.
O'qildi: 3864 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.