Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Ashurmatovning jarohati jiddiymi? O‘FA bayonot berdi

Ashurmatovning jarohati jiddiymi? O‘FA bayonot berdi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerun termasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazgandi va himoyachimiz Rustam Ashurmatov jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. O‘FA matbuot xizmati Ashurmatovning jarohati yuzasidan bayonot berdi.

"Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Rustam Ashurmatov Kamerunga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Tekshiruv xulosalariga ko‘ra, futbolchining jarohatiga lat yeyish tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, bu suyak to‘qimalarining jiddiy jarohatini keltirib chiqarmagan.

Davolash-tiklanish jarayoni boshlab yuborilgan bo‘lib, futbolchimiz ertadan individual mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kutilyapti. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, u Kosta-Rikaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi." - deyiladi O‘FA rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 09:18, 24.09.2022.
O'qildi: 2571 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик