Sobiq futbolchi, hozirda Kamerun futbol federasiyasi prezidenti lavozimida ishlayotgan Samuel Eto'O termaning jahon chempionatidagi vazifasi haqida gapirdi.
"Maqsadimiz finalga qadar yetib borish va musobaqani 18 dekabr kuni tugatishdir", — deydi Eto'o.
Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni Qatarda jahon chempionati finali bo‘lib o‘tadi. Kamerun terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichida Braziliya, Shveysariya va Serbiya terma jamoalari bilan uchrashadi.
Qo‘shimcha qilamizki, Kamerun terma jamoasi oxirgi marta 1990 yilda jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqqan.













