Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bobur Zuhriddinov: "Birinchi bo‘limda bizga, ikkinchi bo‘limda "Andijon"ga omad keldi"

Bobur Zuhriddinov: "Birinchi bo‘limda bizga, ikkinchi bo‘limda "Andijon"ga omad keldi"

Baho:
+ | -

“Mash’al” – “Andijon” (0:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Yigitlar 100 foiz emas, 200 foiz harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda biroz xatolar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga yaxshi qo‘shilishdi. Ko‘rganinglardek, ikkinchi bo‘lim oxirlarida gol urishimiz kerak edi. Birinchi bo‘limda bizga, ikkinchi bo‘limda “Andijon”ga omad keldi.

- Agapovning o‘yinida ko‘proq xatolarni ko‘rdik...

- Mikola bilan ishlayapmiz. U yaxshi o‘yinchi. Potensiali yuqori. Faqat ba’zi holatlarda u joyida harakatlanyapti. O‘ylashimcha, Agapov bugun yaxshi o‘ynadi. Faqat ba’zida unga sovuqqonlik yetishmadi.

- Molochko zaxiraga olindi. Balki unga oxirigacha imkoniyat berish kerakmidi...

- Molochkoni zaxirga olishimizni sababi bu o‘yin rejamizda bor edi. Biz unga 60 daqiqalik reja qilgandik. Molochkodan tashqari bizda Said G‘ulomov ham bor. Said o‘yinni kuchaytirishi kerak edi va qisman bu rejamiz o‘xshadi.

- Xudoyorxon Sagdullayev mavsum boshidan beri o‘yinida o‘sish kuzatilyapti. Lekin u ko‘pincha zaxiradan maydonga tushirilyapti...

- Sagdullayevda ham xuddi Agapovdagi holat. Biz murabbiylar shtabi uning ham potensialini yuqori hisoblaymiz. Uni zaxiradan tushayotgani albatta o‘yin rejasiga bog‘liq. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishni rejalashtirgandik va shu bois ikkinchi bo‘limda tushirdik.

- Bugun jamoa xato qildimi yoki sizmi?

- Bugun men yoki jamoa xato qildi demayman. Bu yerda birgina men emas, butun murabbiylar shtabi ishlaymiz. Qarorni birgina o‘zim qabul qilmayman. Bugun biz murabbiylar xato qildik, deb o‘ylamayman. Chunki qisman rejamiz amalga oshdi. Avvalo, yutqazmadik. O‘yinchilarga kelsak, ularni xato qildi, deyishdan yiroqman. Ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

- O‘yin davomida asosan siz maydon chetida ko‘rsatma berib turdingiz. Jamoada bosh murabbiy o‘zgardimi?

- Dilyaver akani ozgina mazasi yo‘q edi. O‘yinga 3 kun qolganida qo‘shildi. Ungacha men yordam berib turgandim. Hozir biz birgalikda ish olib boryapmiz.

- Birinchi va ikkinchi davrada “Andijon” ikkala o‘yinda ham yutgandi. Bugun durang qayd etildi. Oldingi ikkita uchrashuvni bugungi bahs bilan solishtirganda qanday o‘zgarishlar ko‘rdingiz?

- Oldingi o‘yinda ham “Mash’al” yomon o‘ynamagan. Unda men U-19 jamoasida ishlardim. O‘tgan safargi uchrashuvda “Mash’al” qaysidir jabhada raqibga yutqazdi, demagan bo‘lardim. Albatta, “Andijon” ham oldingi uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 01:01, 25.09.2022.
O'qildi: 1641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.