"Barselona" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark Andre Ter Shtegen Ronald Arauxoning jarohati haqida gapirdi.
"Arauxo uchun afsusdaman. Bugun ertalab u bilan gaplashdim. Umid qilamanki, u tezroq jamoamiz safiga qaytadi", - dedi nemis darvozaboni.
Avvalroq urugvaylik futbolchi jarohati sabab 3 oyni o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.