Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Messining hazili janjalga aylanib ketishi mumkin edi

Messining hazili janjalga aylanib ketishi mumkin edi

Baho:
+1 | -

Argentina milliy jamoasi mashg‘uloti jarayonida kutilmagan holat yuz berdi:

Lionel Messining «Atletiko» yarim himoyachisi Rodrigo de Paulga nisbatan hazili jiddiy janjalga aylanib ketishi hech gap emasdi. Gap shundaki, «matraschi» jamoa sardorining harakatini to‘g‘ri qabul qilmadi. Faqat o‘rtada nimadir bo‘lishiga boshqa futbolchilar yo‘l qo‘yishmadi.

E’tiborlisi, Rodrigo shu «to‘qnashuv»­dan keyin butun mashg‘ulot davomida «PSJ» hujumchisini alohida ta’qib ostiga oldi, to‘g‘ri, u bunda jiddiylashgani yo‘q. Shunchaki, Leo haziliga qandaydir javob berishni xohladi, chog‘i. Muhimi, ular mashg‘ulot yakunlangach, maydondan tabassum bilan chiqib ketishdi. Aslida de Paul va Messi - azaliy do‘stlar. Deylik, ikkisi oxirgi Amerika kubogi finalida Braziliya termasiga qarshi yelkama-elka turib, kurashdi. Rodrigo o‘sha o‘yindan so‘ng Messi haqida alohida gapirgandi: «Amerika kubogi finali kuni ertalab mate ichish uchun yig‘ildik. Bunda Papu Gomes va men birinchi bo‘lib turdik. Kun bo‘yi asosan Messini kuzatdim. Chunki o‘yin arafasida xavotir, asabiylik, qo‘rquv yo‘q emasdi. Finallar oldidan ba’zilar o‘zlarini yaxshiroq nazorat qilishadi, ayrimlar yomonroq. Bosimni sezmasligi haqida gapiradiganlar - yolg‘onchi. Qisqasi, mate ho‘plab turib ham, Messiga obdon qaradim, uning uchun g‘alabadan boshqa variant yo‘q edi. Yana «Marakana»da Braziliya termasi va Neymarga qarshi o‘yinda. Jannatga yoki do‘zaxga...

Umuman, Amerika kubogi Leo uchun zo‘r tus oldi: samarali uzatmalar, gollar. O‘shanda unga qo‘shimcha dalda berishni o‘yladim: «Leo, bugun sening kuning...». U jilmayib javob berdi: «Ha, ha...». Keyin mate quyib berdi. Futbolchining o‘z orzusini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lishi - bu katta rohat». Xullas, Rodrigo va Leo o‘rtasidagi kichik tushunmovchilikni shunchaki, o‘xshamagan hazilga yo‘yish kerak. Muhimi, hazilning zili chiqmadi-ku...