Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Jamoliddin Rahmatullayev: «Koreyaning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rib chiqdik»

Jamoliddin Rahmatullayev: «Koreyaning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rib chiqdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev bugun matbuot anjumanida ishtirok etib, ertaga boshlanadigan Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Barchani futbol bayrami bilan tabriklayman. Biz bu saralash bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik deya olaman. Yaxshi yig‘inlar va o‘yinlar o‘tkazdik. Barchasi optimal darajada. Bolalarda ham motivasiya yetarli, ularning ko‘zi yonib turibdi.

Raqiblar haqida
— Bu bosqichda barcha jamoalar kuchli. Lekin biz o‘z yurtimizda, muxlislarimiz oldida o‘ynaymiz. Bu bizga yordam beradi va bolalarga qo‘shimcha kuch beradi. Koreya Respublikasi har doim kuchli raqib hisoblanadi. Bizda ularni o‘rganishga yetarli vaqt bo‘ldi. Tahlil qildik. Ularning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rib chiqdik. Xudo xohlasa, bu jamoaga qarshi o‘yinga tayyormiz.

Tarkib haqida
— Qaysidir futbolchini maqtab, kimnidir tanqid qilishni xohlamayman. Biz eng yaxshi darvozabonlarni saralab oldik. Ular musobaqaga tayyor.

Shri Lankani musobaqada ishtirok etmasligi
— Biz bunday holatlarga doim tayyormiz. Bu bizga ruhan ta’sir qilmaydi. Oldimizda 2 ta o‘yin bor. Barchasi o‘zimizning qo‘limizda. Ularni mag‘lub eta olsak, keyingi bosqichga albatta chiqamiz.

Polshadagi turnir haqida
— Har bir turnirda maksimal darajada yaxshi ishtirok etishga harakat qilamiz. Lekin bu turnirda asosan bolalarni ko‘rib oldik. Barcha 20 nafar futbolchiga bir xil imkoniyat berishga harakat qildik. Shu sababli bor e’tiborimizni asosiy musobaqaga qaratdik. Maqsadimiz Yevropaning kuchli jamoalariga qarshi o‘yinlarda xato va kamchiliklarimizni ko‘rib olish edi.  

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Laziz Mirzayev:

— Bu bosqichgacha yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Osiyoning top jamoalari bilan o‘ynadik. Bu bizga yetarlicha tajriba berdi deb ayta olaman. Murabbiylarimiz doimiy ko‘nikmalar berib kelmoqda. O‘z uyimizda bo‘ladigan o‘yinlarga tayyormiz.

Bosim haqida
Bizda bosim yo‘q. Jamoaning kayfiyati yaxshi. Uyimizda o‘tadigan o‘yinlarda ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:41, 04.10.2022.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.