Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbekiston futbol hakamlari qo‘mitasining qarorlari e’lon qilindi. Bir nechta hakamlar vaqtincha chetlatildi

O‘zbekiston futbol hakamlari qo‘mitasining qarorlari e’lon qilindi. Bir nechta hakamlar vaqtincha chetlatildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko‘rib chiqildi.

"Navbahor" – "Qizilqum" (Superliga 19-tur)

2022 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 19-tur doirasida “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvining bosh hakami Abdurashid Xudoyberganov uchrashuv yakunidan so‘ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Abdurashid Xudoyberganovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandiga asosan Superliga uchrashuvlaridan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin;


"Metallurg" – "So‘g‘diyona" (Superliga 19-tur)

2022 yil 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 19-tur doirasida “Metallurg” – “So‘g‘diyona” uchrashuvning hakami Asker Najafaliyev uchrashuv yakunidan so‘ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz, yordamchi hakam Timur Gaynullin esa qoniqarli bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Asker Najafaliyevga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandiga asosan Superliga uchrashuvlaridan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;

Timur Gaynullinga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan Superliga uchrashuvlaridan 1 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin.

"Qizilqum" – "Metallurg" (O‘zbekiston Superligasi 20 tur)

2022 yil 29 sentyabr kuni Superliganing 20-turi doirasidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Metallurg” uchrashuvining bosh hakami Rahimbek Karimov uchrashuv yakunidan so‘ng nazoratchi tomonidan qoniqarli bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Rahimbek Karimovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan Superliga uchrashuvlaridan 1 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin;


"Chig‘atoy" – "Lokomotiv-BFK (Birinchi liga, 21-tur)

U-21. "Paxtakor" – "Nasaf" (Zaxira hakami sifatida)

2022 yil 2 oktyabr kuni Birinchi liganing 21-turi doirasidan o‘rin olgan “Chig‘atoy” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvining bosh hakami Farux Yansupov qoniqarsiz va yordamchi hakam Daler Tillayev uchrashuv yakunidan so‘ng nazoratchi tomonidan qoniqarli bahoga loyiq ko‘rilgan.

Shuningdek, 2022 yilning 3 oktyabr kuni U-21 “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvida zaxira hakami bo‘lib ishlagan F.YAnsupov nazoratchi tomonidan qoniqarli bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Farux Yansupovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 2-bandiga asosan Birinchi liga uchrashuvlaridan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;

Shuningdek, F.YAnsupovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan U-21 birinchiligi uchrashuvlaridan 1 ta o‘yinga chetlashtirish va (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;

Daler Tillayevga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanilsin.

U-21. "Dinamo" – "Olimpik" (Bosh hakam sifatida)

2022 yilning 3 oktyabr kuni U-21 “Dinamo” – “Olimpik” uchrashuvi bosh hakami Nikita Mustafin nazoratchi tomonidan takroriy qoniqarli bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Nikita Mustafinga nisbatan nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan U-21 uchrashuvlaridan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin;


"Qizilqum-W" – So‘g‘diyona-W" (Ayollar oliy ligasi, 17-tur)

2022 yilning 28 sentyabr kuni Ayollar oliy ligasi 17-tur doirasida “Qizilqum W” – “So‘g‘diyona W” uchrashuvining bosh hakami Edita Mirobidova va yordamchi hakam Manzura Mangetbayeva uchrashuvida xato va kamchiliklar kuzatilgan bo‘lsada, nazoratchi Abdurahmon Qo‘ldoshev tomonidan bosh hakam va yordamchi hakam baholari ko‘tarib ko‘rsatilgan.

Unga ko‘ra:

Edita Mirobidovaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 8 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;

Manzura Mangetbayevaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandiga asosan birinchi marotaba past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;

Abdurahmon Qo‘ldoshevga nisbatan bosh hakam va yordamchi hakam baholarini ko‘tarib ko‘rsatgani uchun nazoratchilar intizom kodeksining 4-bo‘limning 1-bandiga asosan 6 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin.

Shuningdek, quyidagi ismlari keltiriladigan hakamlar birinchi marotaba qoniqarli baho olganliklari uchun ularga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanilsin:

O.Kallaxo‘jayev, D.Jumaniyazov, S.Saidaxmatov, SH.Qayumov, S.Mirodilov, D.Rahmonov, SH.Rajabov, X.Muzaffarov, A.Tuxtasinov.

Xasan Abdusamatovga nisbatan intizom kodeksining 2.4-bo‘limning 4-bandiga asosan diskvalifikasiya qilinsin.

Kiritildi: 17:36, 04.10.2022.
O'qildi: 2563 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.