Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Hakim Fuzaylov: "Balki 1-o‘rin masalasi 90 foizga hal bo‘lgandir, ammo 2-o‘rin hali hal bo‘lmadi"

Hakim Fuzaylov: "Balki 1-o‘rin masalasi 90 foizga hal bo‘lgandir, ammo 2-o‘rin hali hal bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

“Andijon” hamda “Buxoro” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov qatnashdi.

- Biz “Andijon”dan shunday o‘yinni, asosan standartlarga moslashgan o‘yinni kutgandik. Afsuski, himoyamizdagi qo‘pol xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Bundan hech qanaqa fojea yasash shart emas. Faqatgina himoyadagi xatolarimiz hisobiga mag‘lubiyatga uchradik. Biz Superligaga chiqish yo‘lida 2-o‘rin uchun kurashamiz.

- Muxlislarsiz o‘yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Albatta, muxlislarsiz stadionda o‘ynash yaxshi emas. Futbolchilar muxlislar uchun o‘ynashadi va ular bilan to‘la stadionda yanada yaxshiroq harakat qilishadi. Lekin ishqibozlarning yo‘qligi futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlamaydi, deb o‘ylayman.

- “Turon” ochko yo‘qotyapti. “Buxoro” esa ochko to‘plab yaqinlashib qoldi. “Turon”ning ochko yo‘qotishi jamoangizga motivasiya beryaptimi?

- Faqat motivasiya beryapti, deb o‘ylamayman. O‘yinchilarimiz uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishyapti. To‘g‘ri, bugungidek o‘yin bilan ochko yo‘qotyapmiz. Lekin o‘ylaymanki, hali hech nimani boy bermadik va 2-o‘rin uchun kurash davom etadi. Oldindagi 5 ta turda biz oxirigacha kurashamiz. Xatolarimizni to‘g‘rilab vazifamizni bajarishga harakat qilamiz.

- “Buxoro” “Andijon” bilan o‘zaro uchta o‘yinda faqat 1 ochko oldi. Bunga nima sabab?

- O‘ylaymanki, biz bugun “Andijon”ga o‘yin bo‘yicha yutqazmadik. Qaysidir ma’noda ba’zi jabhalarda kuchli ham o‘ynadik. Xuddi shunday o‘yin Buxoroda ham bo‘lgandi. O‘shanda ham yaxshi o‘ynab turib mag‘lubiyatga uchragandik.

- Jasur Hasanov nega maydonga tushirilmadi?

- “Turon” bilan o‘yinda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygandi. Shundan so‘ng “Mash’al” bilan uchrashuvdan biz yoshlarga imkoniyat berishga qaror qildik. Mirjalol Jumayev ishonchimizni oqlay boshladi. U “Mash’al”ga qarshi chiroyli o‘ynadi va hattoki gol ham urdi. Shu bois bugungi bahsda ham unga imkoniyat berdik.

- “Buxoro” bilan “Andijon” o‘rtasidagi ochkolar farqi endi 10 tani tashkil qilmoqda. Jamoangizni Superligaga chiqishiga ishonasizmi?

- Siz 1-o‘rinni nazarda tutyapsiz, to‘g‘rimi? Biroq dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar Superligaga chiqadi. Shunday ekan, yana 5 ta tur bor va ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin. O‘ylaymanki, barchasi oldinda. Biz keyingi turda dam olamiz va keyin “Xorazm”ni qabul qilamiz. So‘ngra, “Turon” bilan o‘ynaymiz. Juda ham muhim o‘yinlar va biz albatta ochkolarni jamg‘arishimiz kerak. Yana qaytaraman: hali kurash tugamadi.

- “Buxoro” 3-o‘rinni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, Superliga jamoasi bilan pley-offda o‘ynaydi. Bunga “Buxoro”ni kuchi yetadimi?

- Hali hech nima demayman. Chunki kurash o‘z yakuniga yetmadi. Hozircha 3-o‘rinda ketyapmiz va hali imkoniyatimiz bor. Oldindagi 5 ta turdan keyin barchasi oydinlashadi. 2-o‘rin yoki 3-o‘rin haqida gapirishga erta. Faqatgina tayyorgarlik ko‘rish va yutish lozim. Balki 1-o‘rin masalasi 90 foizga aniq bo‘lgandir, ammo 2-o‘rin masalasi hali hal bo‘lmadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:02, 11.10.2022.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.