Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Saudiya Arabistonining hali qurib bitkazilmagan shahri qishki Osiyo o‘yinlari-2029ga mezbonlik qiladi

Saudiya Arabistonining hali qurib bitkazilmagan shahri qishki Osiyo o‘yinlari-2029ga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining hali qurib bitkazilmagan Troyena shahri 2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlarining mezboniga aylandi. Bu haqda Osiya Olimpiya ittifoqining bosh assambleyasida ma’lum qilindi.

Mezbonlik nima sababdan qishki sport turlarini o‘tkazishga mo‘ljallanmagan hududda, buning ustiga hali loyiha bo‘lib turgan shaharga berildi? Quyida ushbu vaziyat haqida so‘z boradi.

O‘yinlar 2017 yildan beri o‘tkazilmayapti. 2021 yilda musobaqa Pekinda o‘tkazilishi belgilangandi, biroq pandemiya sabab bekor qilindi. 2025 yilgi o‘yinlar uchun esa da’vogar topilmadi. 2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishni xohlagan yagona nomzod esa Troyena bo‘ldi.

Saravat tog‘ini aytmaganda havo harorati 8 darajadan pastga deyarli tushmaydigan Saudiya Arabistoni qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladigan G‘arbiy Osiyoning ilk vakili bo‘ladi.

Troyenadagi markaz Fors ko‘rfazidagi ilk tog‘-chang‘i kurortiga aylanadi. U 500 milliard dollarga baholangan Neom loyihasining biri bo‘lagi hisoblanadi.

Kurort qayta tiklanadigan energiya orqali quvvatlantiriladi. Uning tarkibida chang‘i uchishga mo‘ljallangan hudud, oilaviy dam olish va sog‘lomlashtirish markazlari, chuchuk suvli ko‘l va interaktiv qo‘riqxona bo‘ladi.

Majmuada tabiiy qor bilan birgalikda sun’iysi ham ishlatiladi va bu uning erib ketishini 70 foizgacha kamaytiradi.

Qishki Osiyo o‘yinlarida 47 ta medallar shodasi o‘ynaladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:27, 14.10.2022.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик