Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Laporta: "Xaviga bo‘lgan ishonch saqlanib qoladi"

Laporta: "Xaviga bo‘lgan ishonch saqlanib qoladi"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti jamoa bosh murabbiyi Xavini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

12 oktyabr kuni Kataloniya klubi Chempionlar ligasining 4-turi doirasidagi o‘yinda “Inter” bilan durang o‘ynadi (3:3).

“Xavi va yaxshi o‘yinchilarimizga bo‘lgan ishonch saqlanib qolmoqda. Biz Yevropaning katta jamoalari bilan raqobatlasha olamiz.

O‘tgan mavsumda "Bavariya" bilan qanday o‘yin o‘tkazganimizdagi farqni sezishingiz mumkin. Futbolchilar tizimga ko‘nikishi kerak. Xavi jamoaning rivojlanishi uchun nima kerakligini biladi.

Biz Chempionlar Ligasida past natijaga erishdik, ammo biz o‘z ishimizni qilishimiz va butun e’tiborimizni La Ligaga qaratishimiz kerak.

Xavi ajoyib inson. U yaxshilanadi va bizga ko‘p muvaffaqiyat keltiradi. Biz doimo gaplashamiz.

Menda o‘yinlardan keyin kiyinish xonasiga tushib, o‘z fikrlarimni bildirish odatim bor va Xavini xafa bo‘lganini ko‘rdim.

Lekin u hech kimda bo‘lmagan qadr-qimmatga ega - u doimo ijobiy narsalarni ko‘radi. Bugun biz ham gaplashdik, uning ishonchli ovozi bor.

Biz Madridga boramiz. Biz La Ligada birinchi raqamlimiz. "Santyago Bernabeu" - biz o‘ynashni yoqtiradigan joylardan biri", - dedi Joan Laporta.

Kiritildi: 18:28, 14.10.2022.
O'qildi: 2200 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик