Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

50 ta gollik marraga eng tez erishgan futbolchilar ro‘yxati. Ronaldu va Messi yetakchi desangiz, adashasiz

50 ta gollik marraga eng tez erishgan futbolchilar ro‘yxati. Ronaldu va Messi yetakchi desangiz, adashasiz

Baho:
+ | -

Yevropaning top-beshlik chempionatlarida yillar davomida o‘nlab super-yulduzlar yetishib chiqdi. Bu nomlarni bugun hamma taniydi. Quyida ushbu ligalarda 50 ta gollik dovonga eng tez yetgan futbolchilarning 10 tasini e’tiboringizga taqdim etamiz. Ronaldu va Messi yetakchi desangiz adashasiz. Bizda ularni ham ortda qoldira olgan nom bor. Uning ismi – Erling Xoland. Hammasi adolatli bo‘lishi uchun hisobni u tug‘ilgan, 2000 yildan keyin olishni ma’qul ko‘rdik. Demak, boshladik.


10. Muhammad Saloh ("Chelsi", "Liverpul")

Saloh bu ro‘yxatning yuqorirog‘ida bo‘lishi mumkin edi. Ammo uning "Chelsi"dagi omadsiz davri bunga yo‘l qo‘ymadi. Misrlik hujumchi APLda 72 ta bahsda 50 ta gol urishga erishgan. Bu borada faqat Alan Shirer undan yaxshiroq natijaga ega.

9. Fernando Torres ("Liverpul")

"El niño"ning Angliyaga kelishi butun jahonga katta dovrug‘ soladi. Ispaniyalik hujumchi "Enfild"dagi ilk mavsumida 24 ta gol urishga erishgan. Ammo jarohatlarlar uning muvaffaqiyatlariga halaqit qildi. Torres uchun dastlabki 50 ta golga 72 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

8. Rud van Nistelroy ("MYU")

Ha, Shirer va Endi Koul Nistelroyga qaraganda yaxshiroq natijalarga ega edi. Ammo so‘nggi 25 yilda emas. Nistelroy 68 ta bahsda 50 ta gol urishga erishgan hujumchi edi. U "MYU"da jami 150 ta bahsda 95 ta gol urishga erishgan.

7. Andrey Shevchenko ("Milan")

Mashhur ukrainalik futbolchi yigirma birinchi asr avvalining yirik namoyondasi sanaladi. U "Dinamo Kiyev"dan "Milan"ga keladi va 68 ta bahsda 50 ta golga mualliflik qiladi. U bu orqali A seriya rekordini o‘rnatishga erishgan edi.

6. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")

Ronaldu Turinga kelganida, allaqachon dunyoning eng kuchli to‘purariga aylangan edi. Shu sabab u o‘z ishini Italiyada ham davom ettirishi hech kimni ajablantirmadi. U "Yuventus"dagi dastlabki 61 ta bahsida 50 ta gol urib, Shevchenkoning rekordini yangilaydi.

5. Zlatan Ibragimovich ("PSJ")

Ibragimovich "Qatar Sport Investment"ning "PSJ"da amalga oshirgan ilk yirik xaridi edi. Shvesiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan hujumchi, o‘shanda eng yaxshi sermahsullik ko‘rsatgan. U 122 ta liga bahsida jami 113 ta gol urishga erishadi. 50 talik dovonga yetish uchun esa Zlatanga atigi 59 ta o‘yin kifoya qilgan.

4. Luis Suares ("Barselona")

APL tarixida kamdan kam futbolchi Suaresning 2013-14 yilgi mavsumda qilgan ishini amalga oshira oladi. Uning fantastik o‘yinlari "Barselona"ni o‘ziga qaratgan edi. Suares 2014 yilgi Jahon chempionatida Kyellinini tishlagani sababli 4 oyga futboldan chetlatilgan. Ammo bu vaqt "Barselona"ni kutishi uchun arzir edi. Suares 2014-15 yilda Enrike qurgan jamoaning yuragiga aylandi. U uchun 59 ta bahs, 50 ta gol urishga uchun yetarli bo‘lgandi.

3. Neymar ("PSJ")

Neymarning Parijga kelishi katta voqelik edi. Ammo futbolchining o‘yin darajasi uchun bu narsa teskari ta’sir ko‘rsatgan. U 4 yil davomida ancha qiynaldi. Ammo Liga 1 da 58 ta bahsda 50 ta gol urishga erishdi. Bu esa eng yaxshi uchinchi natija edi.

2. Krishtianu Ronaldu ("Real")

Ronalduning 2009 yilda "Real"ga ko‘chishi o‘ta dovruqli kechgandi. Shunga yarasha, portugaliyalik futbolchi o‘zini ko‘rsata oladi. La-ligadagi dastlabki mavsum u uchun 26 ta gol bilan yakunlanadi. Ammo keyingi mavsumlarda Ronaldu faqat va faqat yaxshilanib bordi. Uning 50 ta golga yetishi uchun esa 51 ta bahs kerak bo‘ldi.

1. Erling Xoland ("BVB")

Xoland "Borussiya Dortmund"ga 19 yoshida keladi. Garchand o‘spirin bo‘lishiga qaramay, u allaqachon yetuk hujumchiga aylanib ulgurgandi. Bu uning "arilar" tarkibidagi debyut o‘yinida xet-trikka erishganida ham o‘z aksini topgan. Norvegiyalik hujumchi 2021 yilning noyabrida, o‘zining elliginchi Bundesliga bahsida elliginchi goliga muallif qilgan. Bu esa Yevropada so‘nggi 22 yildagi mutlaq rekorddir.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:49, 15.10.2022.
O'qildi: 5185 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.