Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin kecha Ispaniya chempionatining 9-turi doirasidagi “Barselona”ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.
“Bolaligimdan klasikoda o‘ynashni orzu qilardim. So‘zlar mening his-tuyg‘ularimni ifoda eta olmaydi. Men hozir dunyodagi eng baxtli odamman", - deydi ukrainalik darvozabon.
Uchrashuv “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi va “qirollik” klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.