"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "oltin to‘p" sohibiga uning jamoadoshi, hujumchi Karim Benzema aylanishiga ishonmoqda.
“Biz hammamiz nima bo‘lishini bilamiz. Biz u uchun juda xursandmiz. Benzema qilgan va qilishda davom etayotgan barcha ishlari uchun "oltin to‘p"ga loyiq", - deya Modrich so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano tvitterda.
34 yoshli Benzema 2009 yilda "Real"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 9 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi, biroq shartnoma yana bir yilga uzaytiriladi.