Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Yurgen Klopp vs. Pep Gvardiola. Ularning transferlar uchun qancha pul sarflaganini bilasizmi?

Yurgen Klopp vs. Pep Gvardiola. Ularning transferlar uchun qancha pul sarflaganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Klopp va Gvardiola o‘tgan besh yil mobaynida turli xil musobaqalar doirasida doimiy to‘qnash kelib turdi. Ular jamoalarining maskimal kuchidan foydalanish maqsadida rotasiya bilan ham shug‘ullanishadi. Tarkib borasida Klopp bir paytlar shunday degandi: "Siz o‘rtacha futbolchilar bilan bitta sovrin qo‘lga kiritishingiz mumkin. Ammo ko‘plab titullar uchun sizga top o‘yinchilar zarur. Ular esa qimmat turadi".

Shuningdek, Klopp ko‘proq futbolchi sotib olish uchun, katta sotuvlarni amalga oshirish kerak ekanini ham aytib o‘tgan. U shunday deydi: "Klubda pul yetarlicha. Ammo transfer siyosatining maqsadi aniq. Biz ishlab topgan pulimizga yarasha sarf qilamiz. Ya’ni, ko‘p topsak - ko‘p, kam topsak - kam. Hech kimga sir emaski, biz katta transferlar qilavermaymiz. Ammo sotib olgan o‘yinchimiz, albatta yaxshi darajaga ega bo‘lishi kerak".
Shuningdek, Pep Gvardiolaning ham o‘z jamoasida qilayotgan ishlaridan xabaringiz bor. U o‘ta katta summa sarflashga o‘rgangan. Buni uning o‘zi ham tan olishdan qo‘rqmaydi. Ispaniyalik mutaxassis 2021 yilning fevralida shunday degandi: "Bizda pul ko‘p va unga eng yaxshi futbolchilarnigina sotib olamiz. Ha, buning o‘zi muvaffaqiyat uchun yetarli emas. Bizda, eng avvalo, aql-bovar qilmas darajadagi kuchli tuzilma, insonparvar, o‘z ishini yaxshi biladigan va mehribon hodimlar, murabbiylar shtabi mavjud. So‘nggi to‘rt yildagi erishgan yutuqlarimizda ularning xizmati tengsizdir".

Quyida Klopp va Gvardiola tomonidan APLda amalga oshirilgan eng qimmat beshta xarid hamda shuncha sotuvni ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlarlar "Transfermarkt" portali tomonidan taqdim etildi.

Yurgen Klopp "Liverpul"da

Besh xarid:
1. Virjil van Deyk – 76,2 million funt
2. Darvin Nunyes – 67,5 million funt
3. Allison – 56,3 million funt
4. Nabi Keyta – 54 million funt
5. Fabinyo – 40,5 million funt

Beshta sotuv:
1. Filipe Koutinyo – 121,5 million funt
2. Sadio Mane – 28,8 million funt
3. Kristian Benteke – 28,1 million funt
4. Mamadu Sako – 25,4 million funt
5. Denni Ingz – 22,6 million funt

Umumiy xarajatlar: 643,06 million
Umumiy kirimlar: 435 million
Sof xarajat: 207, 32 million.

Pep Gvardiola "Manchester Siti"da

Beshta xarid:
1. Jek Grilish – 105,8 million funt
2. Ruben Diash – 61,2 million funt
3. Riyad Mahrez – 61 million funt
4. Joao Kanselu – 58,5 million funt
5. Emerik Lyaport – 58,5 million funt

Beshta sotuv:
1. Leroy Sane – 54 million funt
2. Raxim Sterling – 50,9 million funt
3. Ferran Torres – 49,5 million funt
4. Gabriel Jezus – 47 million funt
5. Danilo – 33,3 million funt

Umumiy xarajatlar: 1,1 milliard
Umumiy kirimlar: 518 million
Sof xarajat: 581, 8 million.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:51, 17.10.2022.
O'qildi: 2778 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.