Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

«MYU»ning «Tottenxem»ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi siri ma’lum bo‘ldi

«MYU»ning «Tottenxem»ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi siri ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Tottenhem"ga qarshi o‘yin "Manchester Yunayted"ning mavsumdagi eng yaxshisi bo‘lganini murabbiy ham ta’kidladi. G‘alaba nafaqat tabloda, ayniqsa, to‘p nazorati va o‘yin sifatida ham ko‘rindi. Menimcha, buning asosiy sabablaridan biri — Bruno Fernandesh.

Brunoning aniq paslari nisbati 93%ni tashkil qildi. Bu futbolchining o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli ko‘p - odatda uning aniq paslari 70-75 foiz atrofida bo‘lardi. Buning ustiga u 63 marotaba uzatma amalga oshirgan - bu ham juda ko‘p. Bruno avvalgi o‘yinlarda 40-50 atrofida pas amalga oshirgan, hatto "Omoniya"ga qarshi o‘yinda ham uning paslari 60 taga yetib bormagandi.

Brunoning o‘yin uslubi, ko‘p riskka borishi haqida doim aytib kelinadi, hatto o‘z vaqtida uning transferi pallasida ham bu kamchilik sifatida ko‘ringan. Bruno javoban doim risk qilishni yoqtirishini uqtirib keladi ham.

Ten Xag esa, o‘yindan keyin shogirdlari sabr qilishgani, raqib imkoniyat berishini kutib, aniq o‘ynashga harakat qilganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ya’ni murabbiyning so‘zlari Brunoning odatiy uslubiga biroz ters, to‘g‘rimi?

Fernandesh bu safar ko‘p risk qilmadi, shoshilmadi va aniq o‘ynashga harakat qildi. Natijada, to‘pni ham kam yo‘qotdi, APL mavsumidagi rekord (9) miqdorda vaziyat yaratishga muvaffaq bo‘ldi, gol ham urdi. Bu albatta, umuman jamoaviy o‘yin sifatini ham oshirdi.

"Tottenhem" qarshi hujumlarda, o‘tish fazalarida ancha xavfli jamoa. Aynan shu tufayli, murabbiy kamroq risk qilishni va to‘p yo‘qotmaslikni alohida tayinlaganmi yoki Bruno asta-sekin ten Xag futboliga moslashib boryaptimi, vaqt ko‘rsatadi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 17:28, 20.10.2022.
O'qildi: 4644 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.