Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn

Ronaldu qilgan ishidan afsusda. U «MYU»ning navbatdagi o‘yini va mashg‘ulotlaridan chetlatilgani yuzasidan bayonot berdi

Ronaldu qilgan ishidan afsusda. U «MYU»ning navbatdagi o‘yini va mashg‘ulotlaridan chetlatilgani yuzasidan bayonot berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Tottenhem»dagi qarshi o‘yindagi (2:0) qilgan ishi bo‘yicha bayonot berdi.

«Old Trafford»da kechgan bahsda zaxirada o‘tilgan portugaliyalik futbolchi uchrashuv yakunlanmasidan kiyinish xonasiga ravona bo‘lgan. «Manchester Yunayted» ustozi Erik ten Hag futbolchini jamoaviy mashg‘ulotlardan ma’lum muddatga chetlatgan va «Chelsi»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.

"Men o‘z kasbdoshlarim, raqiblarim va murabbiylarimga hurmat saqlagan holda yashash hamda o‘ynashga urinaman. Butun faoliyatim davomida shunga intilganman. Bu o‘zgargani yo‘q. Xuddi so‘nggi 20 yillikda bo‘lgani kabi hamon professionalman va qaror qabul qilishimda hurmat doim muhim rolni bajargan.

Juda yosh vaqtimda futbol o‘ynashni boshlaganman, kattalar va tajribali o‘yinchilar har doim menga namuna bo‘lgan. Shu bois keyinchalik o‘zim ham yosh jamoadoshlarimga o‘rnak bo‘lishga intilganman. Afsuski, bu har doim ham amalga oshmaydi va ba’zan jo‘shqin ehtiroslar bizni yengib qo‘yadi.

Ayni vaqtda Karringtonda yanada ter to‘kib ishlashim, jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlab, istalgan o‘yinga tayyor bo‘lishim kerakligini his qilyapman. Bosimga berilish — yechim emas. Bu hech qachon yechim bo‘lmagan. Bu «Manchester Yunayted» va biz tura olishimiz kerak. Yaqinda yana birga bo‘lamiz", — deya ma’lumot tarqatdi Ronaldu.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:44, 21.10.2022.
O'qildi: 8552 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.