Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ravshan Ermatov boshchiligida bolalar-o‘smirlar futbolining tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Ravshan Ermatov boshchiligida bolalar-o‘smirlar futbolining tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov raisligida hududlarda futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, o‘tkazilgan musobaqalar va mavjud kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘FA rahbariyati, futbol akademiyalari mutasaddilari, texnik direktorlari va bolalar-o‘smirlar futboli bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Kun tartibiga ko‘ra, dastlab “Professional futbol maktablari” O‘zbekiston chempionati uchrashuvlari tahliliy ma’lumotlar asosida muhokama qilindi. Musobaqa davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olindi va mutasaddilarga ogohlantirish berildi. Bu masalaga jiddiyroq yondashish kerakligi, bolalar futboliga har qachongidan ko‘proq mas’uliyat bilan qarash shartligi aytildi.

Joylardagi futbol akademiyalari faoliyati, xususan turli yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Akademiya rahbarlariga murabbiy va seleksionerlar faoliyatini monitoring qilish, mashg‘ulotlarini nazorat ostiga olish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, o‘tgan musobaqalarni tahlil qilish, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bundan tashqari, terma jamoalarga futbolchi yetkazib berish, maktablardagi mavjud shart-sharoitlar, musobaqalardagi ishtirok va futbolchilarning tartib-intizomi kabi mezonlar asosida akademiyalarning faoliyatini KPI-tahlil orqali baholash bo‘yicha vazifa belgilandi.

Shuningdek, yig‘ilishda yosh futbolchilar maqomi va ularning klublarga ko‘chib o‘tishini tartibga soluvchi yagona turdagi shartnomani huquqiy jihatdan o‘rganish va qayta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Hududlardagi mutasaddilar va yig‘ilish ishtirokchilari yechimini kutib turgan bir qator masalalar hamda ayrim vazifalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuvda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib borilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 17:46, 24.10.2022.
O'qildi: 1165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик