Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Real" qiziqayotgan Tomori aslida qanday futbolchi?

"Real" qiziqayotgan Tomori aslida qanday futbolchi?

Baho:
+ | -

Jahon chempionatiga sanoqli haftalar qolganda asosiy e’tibor milliy terma jamoalar safini kimlar tashkil etishiga qaratiladi. Fikayo Tomori muntazam ravishda Angliya terma jamoasiga chaqirilib turadigan futbolchi. Tomori Angliyadan ketganidan beri Italiya grandi «Milan» uchun barcha musobaqalarda 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi.

Tomori UYEFA Chempionlar ligasida maydonga tushgan va o‘tgan mavsumda u liganing 31 o‘yinida maydonga tushib, A seriyada g‘olib chiqdi. Angliyalik muxlislarning ko‘pchiligida savol tug‘iladi; Tomori terma jamoada to‘p tepishga loyiqmi? Shuning futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Ho‘sh u "Real" darajasidagi top himoyachimi? Quyida futbolchining o‘yinini taxlil qilamiz. 

O‘yinchi profili

Fikayo Tomori markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydi va «Milan»dagi faoliyati davomida u 4-2-3-1 sxemasida chap qanotli markaziy himoyachi sifatida ham o‘zini ko‘rsata olgan. Chap qanotda o‘ynab, uning «zaifroq» chap oyog‘i endi ancha kuchliroq bo‘lib qoldi va Tomori undan foydalanishda noqulaylik his etmaydi.

«Chelsi»dagi faoliyati davomida u vaqti-vaqti bilan orqa uchlikda o‘ynagan. Shunga qaramay, u ushbu trioning chap tomonida ko‘proq vaqt o‘tkazgan. Quyidagi Tomori "issiqlik xaritasi"da uning shu paytgacha mavsum davomida egallagan pozisiyalari ko‘rsatilgan.

Uning maydondagi harakatlaridan kutilmagan narsani payqash qiyin, u asosan markaziy himoyachi chizig‘ida o‘ynaydi. Keng joylashuv yaxshi tanlangan va u markaziy maydonning ko‘p qismini qamrab oladi. «Milan» ko‘pchilikka qaraganda oldinroqda raqibni kutib olishni yaxshi ko‘rardi, bu esa Tomori uchun zichroq markaziy maydonni beradi.

Milan himoyachisining bo‘yi 1.85 metr va og‘irligi 79 kg ni tashkil qiladi, bu uni universal himoyachiga aylantiradi. Uzun bo‘yli va jismoniy unga duellarda jangovar bo‘lishga imkon beradi. Vaznining nisbatan yengilligi esa tezkorlikda hujumchilarda qolishmasligi uchun ayni muddao. 

Ma’lumotlar

Quyidagi ma’lumotlar Tomorining ushbu mavsumdagi A Seriyadagi statistikasidan olingan.

Hujumdagi faollik

Pushti rang Fikayoning hujumdagi aktivligini ko‘rsatadi va bu borada futbolchi maqtana olmasligi ko‘rinib turibdi. Buni kontekstda hisobga olish kerak, ya’ni Tomori boshqa markaziy himoyachilar kabi oldinga o‘tish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega emas. Imkon qadar Fikayo himoyaga e’tibor qaratadi va maydonda eng orqada joylashgan futbolchi sifatida ham ko‘rinish beradi.

Biroq, ijobiy qarash mumkin bo‘lgan sohalardan biri bu dribling. Orqa to‘rtlikdagi markaziy himoyachi uchun Tomori o‘zining driblinglarida juda yaxshi ko‘rsatkichga ega. Uning o‘yin uslubi va roli unga to‘pni oldinga olib chiqish va hujumlarning boshlanish nuqtasini boshqarish imkonini beradi. 

To‘pga egalik qilish

Sariq rangga bo‘yalgan to‘pga egalik qilish ma’lumotlari Tomori haqida yaxshiroq tushuncha beradi. Uning uzatmalari soni har 90 daqiqada o‘rtacha 72ta pasga to‘g‘ri keladi.  Biroq, u aniq paslar bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichga ega emas - 52foiz. 

Qolaversa, uning qabul qilingan paslar bo‘yicha reytingi ham o‘rtachadan yuqori bo‘lib, u to‘pni qabul qilishdan qo‘rqmasligini ko‘rsatadi. Tomori ko‘pincha «Milan» hujumga chiqayotganda to‘p so‘raydigan futbolchi. U imkoni boricha to‘plarni oldinga uzatadi va bu "Milan" o‘yinida asosiy figuralardan biri. 

Himoyalanish malumotlari

Grafikning oq qismi futbolchining himoyadagi darajasini ifodalaydi. Bir qarashda, bu yomon statistik ko‘rinadi, lekin e’tibor bilan qaralsa, Fikayo himoyalanishda ham yaxshi futbolchiligini tushinib olish qiyin emas. Aytib o‘tganimizdek, «Milan» to‘pni ushlab turish bo‘yicha eng yaxshi jamoalardan biri. Ular to‘pda ustunlik qilishadi. Demak, Tomori himoyada kamroq harakat qiladi, chunki uning jamoasi boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq to‘pga ega bo‘ladi.

Shu sababli, u himoyaviy duellarda va ikkinchi qavatdagi kurashlarda kamroq vaqt o‘tkazadi. Tomori ma’lumotlari uchun muhim bo‘lgan soha - bu mudofaa va havo duellari g‘alaba qozonish. Yelkama-elka kurashlarning  52% foizida Fikayo raqiblaridan ustun kelgan. 44 foiz kurashlarda raqiblarining pozisiyasini to‘g‘ri yopishi orqali yengib chiqqan. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:33, 25.10.2022.
O'qildi: 3432 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.