Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

OFK delegatlari va O‘FA tashkiliy qo‘mita vakillari Farg‘ona viloyatida inspeksiya ishlarini amalga oshirishdi

OFK delegatlari va O‘FA tashkiliy qo‘mita vakillari Farg‘ona viloyatida inspeksiya ishlarini amalga oshirishdi

Baho:
+ | -

2023 yilning mart oyida O‘zbekiston maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, O‘FA ishchi guruhi tomonidan o‘yinlar va mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadigan hududlar hamda u yerdagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, OFK standartiga mos kelishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilyapti. Ayni kunlarda Osiyo futbol konfederasiyasi delegasiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bugun OFK delegatlari va O‘FA tashkiliy qo‘mita vakillari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishdi.

Kun tartibiga ko‘ra, dastlab hududdagi futbol infratuzilmasi inspeksiya qilindi hamda viloyatning bosh stadioni «Istiqlol»ga ko‘zdan kechirildi. Stadionning kiyim almashtirish xonalari va matbuot anjumani o‘tkaziladigan zallar o‘rganildi. Delegasiya vakillari barcha tashkiliy-ma’muriy zonalarni, xususan, OFK standarti asosida qayta tashkil etilgan mutlaqo yangi media tribuna va matbuot anjumani o‘tkaziladigan xonalarni ko‘zdan kechirishdi.

Shuningdek, jamoalar mashg‘ulot o‘tkazadigan maydonlarning ham OFK musobaqalar o‘tkazish standartiga muvofiqligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu borada mutasaddilarga maydonlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish kerakligi yana bir bor e’tirof etildi, rejaga muvofiq keyingi qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, muxlislarga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Yirik turnirlarning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan tibbiy tayyorgarlik hamda VAR uchun zarur bo‘lgan sharoitlar nazoratga olindi.

O‘FA vakillari Farg‘onaga tashrif davomida viloyatda futbol rivojiga hissa qo‘shgan bir qator faxriylarni o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan faxriy nishon hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:37, 28.10.2022.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.