Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vladimir Shtern — 80 yoshda!

Vladimir Shtern — 80 yoshda!

Baho:
+ | -

21 oktyabr kuni o‘zbek futbolining mashhur vakili, sobiq ittifoq sport ustasi Vladimir Aronovich Shtern 80 yoshga to‘ldi!

«Paxtakor»da to‘liq 10 mavsum o‘ynagan futbolchilar ko‘p emas. Vladimir Shtern esa shuncha mavsum klub sharafini himoya qilgan jonkuyar o‘yin­chilardan biridir. U vaqtida «Paxtakor» mudofaa tuzilmasining tayanchi edi. Yubilyarimiz ikkinchi jahon urushi payti, aniqrog‘i, 1942 yilning 21 oktyabr kuni Ukrai­naning Kirovograd viloyati Aleksandriya shahrida tug‘ilgan. O‘sha yili uning ota-onasi Toshkentga ko‘chib kelishgan. Vladimir Shtern katta sport yo‘lini mashhur murabbiyi Sergey Arutyunov qo‘l ostida «Paxtakor» maktabida boshlagan. 1960 yili esa Birodar Abduraimov va Dmitriy An qatori «Paxtakor» o‘rinbosarlar jamoasi safiga qo‘shiladi. Vladimir 1962-1963 yillar «Politotdel» klubida o‘ynaydi va mavsum-64da «Paxtakor»ga qaytadi. Bu vaqtda jamoa ittifoq chempionati oliy ligasiga chiqqandi. Shu tariqa Shtern ke­yinchalik «Paxtakor»ning asosiy himoyachisiga aylanadi. Mashhur murabbiy Boris Arkadyev u haqda shunday degandi: «Paxtakor»ning barcha himoyachilari ijrosidagi ishonchli harakatlari fonida Vladimir Shtern alohida ajralib turadi».

Ha, «Paxtakor» hayotida qo‘yib yuborilgan gollar soni urilganlari miqdoridan oshib ketgan mavsumlar ko‘p. Ammo unutmaslik kerakki, «paxtakorchilar», xususan, jamoa himoyachilari o‘sha davr­ning eng ko‘zga ko‘ringan hujumchilariga qarshi to‘p surishardi. Oddiy ifoda etganda, «Paxtakor»ning har bir raqibi safida nafaqat o‘z jamoasi, balki butun chempionatda bosh to‘purar bo‘lishga da’vo qiluvchi kuchli hujumchi topilardi. Shtern va uning safdoshlari esa shunday ijrochilarga munosib qarshilik ko‘rsatib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishardi. Umuman, «Paxtakor» himoya­chilarining fidoyiliklari har doim alohida qadrlangan. Ayniqsa, Vladimir barqaror o‘yini bilan ajralib turardi. Deylik, u chempionat va kubokda, shuningdek, xalqaro darajada 300tadan ortiq o‘yinda ishtirok etgan, lekin loaqal bittasida loqayd harakatlanganini aytish qiyin. Chunonchi, qahramonimiz hamisha maydonda borini berardi.

Shtern katta futboldagi oxirgi mavsumini 1973 yili o‘tkazadi, o‘sha vaqt jamoada avlodlar almashinuvi jarayo­ni ketayotgandi. Vladimir ham yoshlarga yo‘l bo‘shatishni lozim topadi va murabbiylik sohasiga o‘tish bo‘yicha yakdil qarorga keladi. Zero, u allaqachon o‘zini ushbu mashaqqatli ishga tayyorlab bo‘lgandi. Qisqasi, Shtern futbolning nozik sirlarini juda yaxshi bilardi, chunki yoshlar jamoalarida hujumchi sifatida to‘p surgan, faqat professional darajada himoyachiga aylangan edi. Vladimirga yangi sohada butun faoliya­ti davomida taniqli murabbiylar bilan ishlagani va bebaho tajriba to‘plagani ham qo‘l keladi. U jumladan, Mixail Yakushinni e’tirof etgandi: «Tug‘ma murabbiy, ulkan bilim sohibi. Uning futboldagi unvoni - akademik. Yakushin shuning barobarida katta qalb egasi edi. Oddiy va ajoyib».

Shtern futbolchilik faoliyatidan keyin futbol maktablarida ishladi. Xususan, naq 20 yil davomida Gennadiy Krasniskiy nomidagi bolalar va o‘smirlar maktabiga rahbarlik qildi. Xullas, u futbol bilan yashashda davom etdi - nazoratchi rolida ishladi, faxriylar harakatida faol bo‘ldi. Hozirga qadar eski do‘stlari bilan doimiy ravishda xotira turnirlarida qatnashadi, yoshlar bilan ochiq muloqotga kirishadi, faxriylar futbol harakatiga befarq qaramaydi.

O‘FA tomonidan «O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar (Toshkent shahri)

1 Erkin (Birodar) Abduraimov - futbol faxriysi

2 To‘lagan Isoqov - O‘FA Futbol faxriylari kengashi raisi

3 Nikolay Lyubarsev   - futbol faxriysi

4 Vladimir Shtern - futbol faxriysi

5 Ahrol Inoyatov - futbol faxriysi

6 Elmar Aminov - futbol faxriysi

7 Yevgeniy Valiskiy   - futbol faxriysi

8 Axbor Imomxo‘jayev - futbol faxriysi (marhum)

9 Bahodir Maxsitov - sport faxriysi

10 Yuriy Gospodarchuk - futbol faxriysi

11 Guram Daraseliya - futbol faxriysi

12 Ivan Shkandin - futbol faxriysi

13 Valeriy Lyotkin - futbol faxriysi

14 Yuriy Sarkisyan - futbol faxriysi

15 Rauf Inileev - futbol faxriysi

16 Anatoliy Kovalenko - futbol faxriysi

17 Anatoliy Loshanin - futbol faxriysi

18 Noil Lutfullin - futbol faxriysi

19 Bobur Haydarov - futbol faxriysi

20 Aleksandr Semyonov - futbol faxriysi

21 Yevgeniy Kazakov - futbol faxriysi

22 Alisher Fayziyev - futbol assosiasiyasi faoli

O‘FA Futbol faxriylari kengashi, Mavlon SHUKURZODA

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:25, 31.10.2022.
O'qildi: 1708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.