Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Madridning “Atletiko” klubida Diyego Simeoneni almashtirishi mumkin. El Chiringuito telekanali xabariga ko‘ra, Madrid klubi allaqachon ispaniyalik mutaxassisning yaqinlari bilan bog‘langan.
1 noyabr kuni “Atletiko” Chempionlar ligasi o‘yinida “Portu”ga yutqazdi (1:2), tarixda birinchi marta guruhda to‘rtinchi o‘rinni egalladi va yevrokuboksiz qoldi.
Diyego Simeone 2011 yildan buyon Madridning “Atletiko” klubini boshqarib kelmoqda.