Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Andijon"ning oktyabr oyidagi statistik raqamlari qanday?

"Andijon"ning oktyabr oyidagi statistik raqamlari qanday?

Baho:
+ | -

Superliga yo‘llanmasini naqd qilgan "Andijon" klubi matbuot xizmati jamoaning oktyabr oyidagi o‘yinlari statistikasini ulashdi.

"Oktyabr oyi ham “Andijon” jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ushbu oyda jamoaning Superliga masalasini hal qilishi kutilgandi va amalda bu o‘z tasdig‘ini topdi.

Viktor Kumikov jamoasi o‘tgan oyda 4 ta uchrashuv o‘tkazdi. Natijalar quyidagicha: “Andijon” – “Buxoro” – 2:1, “Xorazm” – “Andijon” - 0:1, “Andijon” – “Turon” – 1:1 va “Andijon” – “Mash’al” – 4:2.

Guvohi bo‘lganingizdek, “Burgutlar” 4 ta bellashuvda 3 g‘alaba va 1 durang qayd etib, muddatidan ilgari pro liga g‘olibligi hamda Superliga yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydilar. Endi jamoa mutlaqo xotirjam! Vazifa muvaffaqiyatli bajarildi.

To‘plar nisbatida bu safar ancha sermahsullik kuzatildi. Boisi, jamoamiz oktyabr oyida raqiblar darvozasiga 8 ta gol urib, o‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi. Umumiy hisobda “Andijon” birinchi bo‘limda 3 ta, ikkinchi bo‘limda 5 ta gol urdi.

Oktyabr oyida kiritilgan 8 ta gollar muallifi kimlar? Shahboz Erkinov 4 ta gol urdi. Shuningdek, Ildar Mamatkazin o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi. Qolaversa, chernogoriyalik legionerlar – Bogdan Milich bilan Goron Miloyko ham darvozani bir martadan ishg‘ol qildilar.

“Bobur Arena”da 3 ta uchrashuv tashkil qilindi. “Buxoro”, “Turon” va “Mash’al”ga qarshi o‘yinlar o‘tkazildi. Xo‘sh, tomoshabinlar tashrifi qanday? 10 oktyabr kuni “Buxoro” qabul qilingan bahsda diskvalifikasiya sababli o‘yin tomoshabinlarsiz o‘tdi. 24 oktyabrda “Turon” qabul qilingan uchrashuvda 3207, “Mash’al”ga qarshi bellashuvda esa 3987 ishqiboz stadionda kuzatib bordi. Umumiy hisobda “Andijon” ishtirokidagi uchrashuvlarni 7194 nafar muxlis tomosha qildi.

Ildar Mamatkazin, Goron Miloyko, Vladimir Bubanya, Abduvohid G‘ulomov nima bilan ajralib turganini bilasizmi? To‘rtta o‘yinchi “Andijon” jamoasining oktyabr oyidagi to‘rtta uchrashuvida to‘liq, o‘zgarishlarsiz ishtirok etishdi.

Shuningdek, oktyabr oyida jamoamiz penalti tepmadi va o‘z navbatida darvozamiz tomon ham penalti belgilanmadi.

O‘tgan oyda futbolchilar tartib-intizom masalasida ancha yaxshi taassurot qoldirishdi. Ikkita o‘yinda jamoa a’zolari hech qanday ogohlantirishsiz harakat qildilar. Faqat ikkita bahsda 4 nafar futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatildi. Bular - Suhrob Berdiyev (2 ta), Goron Miloyko va Ildar Mamatkazin. Qizig‘i shundaki, 22-tur doirasida “Xorazm” – “Andijon” bahsida bosh murabbiy Viktor Kumikovga 90-daqiqada hakam qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Natijada Viktor Balyutovich uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Noyabr oyida chempionat yakuniga yetadi. Oldinda “Andijon”ni uchta uchrashuv kutib turibdi. Safarda “Buxoro”, “Bobur Arena”da “Xorazm” va mehmonda “Turon”ga qarshi o‘yinlari bor.

Umid qilamizki, muddatidan oldin pro liga g‘olibi bo‘lgan jamoamiz ushbu oyda ham g‘alabali yurishini davom ettiradi" - deyiladi "Andijon" klubining rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 20:59, 02.11.2022.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.