Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

"PSJ" Turinda "Yuventus"ni hech qachon mag‘lub eta olmagan: Chempionlar ligasi markaziy o‘yinidan oldingi statistika bilan tanishing

"PSJ" Turinda "Yuventus"ni hech qachon mag‘lub eta olmagan: Chempionlar ligasi markaziy o‘yinidan oldingi statistika bilan tanishing

Baho:
+ | -

Bugun tunda "Yuventus" "Alyans" stadionida "PSJ"ni qabul qilib, Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi ishtirokini yakunlaydi.

Bugungi o‘yin oldidan bir nechta faktlarga to‘xtalib o‘tamiz:

"PSJ" Turinda "Yuventus"ni bir marta ham mag‘lub eta olmagan. Va umuman olganda joriy mavsumdagi g‘alaba parijliklarning "Yuve" ustidan qozongan ilk muvaffaqiyati bo‘ldi. 1997 yilda Turinda bo‘lib o‘tgan Yevropa Superkubogi uchun bahs bu jamoalarning Italiyadagi so‘nggi o‘yini bo‘lib turibdi - o‘shanda "byankonerilar" 3:1 hisobida zafar quchgan.

"PSJ"dan uchralgan YECHL birinchi o‘yinidagi mag‘lubiyat "Yuventus" uchun joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi, fransuzlar bilan uchrashuv oldidan Allegri shogirdlari A Seriyada ikkita o‘yinda g‘alaba qozongan va uchta durang qayd etgandi.

"PSJ" Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi so‘nggi to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozondi va kamida 4tadan gol urdi.

Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe mavsum boshidan buyon "PSJ"ning Chempionlar ligasidagi 28 ta golidan 26 tasiga hissa qo‘shgan.

Kilian Mbappe ushbu musobaqaning guruh bosqichida 6 ta gol urdi va bu "PSJ" tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija. Leo Messi Chempionlar ligasining 4 ta uchrashuvida 7 ta foydali harakat amalga oshirgan (4 ta gol va 3 ta golli uzatma): argentinalik futbolchining eng yaxshi ko‘rsatkichi faqat 2016/17 yilgi mavsumda bo‘lgan, u 10 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 20:59, 02.11.2022.
O'qildi: 1592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.