Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

«Arsenal» APLning yangi chempioniga aylanadi! Nega deysizmi?

«Arsenal» APLning yangi chempioniga aylanadi! Nega deysizmi?

Baho:
+1 | -

Hammaning xabari bor, «Arsenal» bu mavsumda o‘z tarixidagi eng yaxshi startni namoyish etdi. Statistikaga qarasak, «to‘pchilar» 2004 yildan beri Angliya chempionligini qo‘lga kiritmagan. Shu sababdan ham Gabriel Jezus, Bukayo Saka va Martin Edegor kabi jamoa yetakchilari Arteta qo‘l-ostida bor kuchi bilan harakat qilmoqda. «Arsenal» hozirga qadar 12 ta uchrashuvning 10 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. Qolgan 2 tasida durang va mag‘lubiyatga uchragan. Bu safar super kompyuter ishga solinganida, u «Arsenal»ni APL chempioni bo‘lishini ko‘rsatdi. Quyida londonliklarning ehtimoliy chempionligi va bunga yetaklovchi omillar haqida so‘z boradi.

1992 yildan beri «Arsenal» 12 turdan ilk bor 31 ochko yig‘moqda. «Manchester Siti» chempion bo‘lgan yillarida o‘ziga xos statistikaga ega bo‘lgan. «Shaharliklar» 2011-12, 2017-18 yilgi mavsumda 34 ochko yig‘ishga erishgan. Aynan shunday natija 2019-20 yilgi mavsumda «Liverpul» tomonidan ham qayd etilgan. Bundan tashqari dastlabki 12 turda «Manchester Siti» (2018-19) va «Chelsi» (2014-15) 32 ochko to‘plagandi. Qiziqarlisi shundaki, yuqoridagi jamoalar o‘sha mavsumlar so‘ngida chempion bo‘lgan.

Shuningdek, APL jamoalari turli davrlarda 12 turdan keyin 31 ochkoga erishgan. «Chelsi» (2005-2006) va «Manchester Yunayted» (1993-94, 2006-2007) hozirgi «Arsenal» kabi ochkoga ega bo‘lgan va may oyida chempionlikni tantana qilgan. Ammo yana bitta jamoa borki, u 12 turdan 31 ochko olsada, titulga ega chiqa olmagan. O‘sha klub «Nyukasl»dir. «Qarg‘alar» 1995-96 yilda ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgandi.

«Nyukasl» o‘sha omadsiz mavsumda avgustdan to martning o‘rtalariga qadar yetakchilik qilgan. Ular yanvar oyida ikkinchi o‘rindagi «MYU»dan 12 ochko oldinda borayotgandi. Biroq, vaziyat taqozosi bilan mavsum so‘ngida 4 ochkolik farq bilan «qizil iblislar»dan ortda qoladi.
Bu voqea, shubhasiz, Mikel Arteta va uning shogirdlari nazaridan chetda qolmaydi. «Arsenal» ushbu tarixni qaytarmaslik uchun mavsum davomida qattiq harakat qiladi. Uning ortida esa hozir «Manchester Siti» kabi shavfqatsiz «mahluq» bor. «Kanonirlar» hafta so‘ngida «Chelsi» maydoniga safar qiladi. Mana shu o‘yin Arteta jamoasi irodasini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:27, 04.11.2022.
O'qildi: 6417 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.