Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Uzoq kutilgan kambek. Zidan Fransiya uchun qaysi grandlar taklifini rad etgan?

Uzoq kutilgan kambek. Zidan Fransiya uchun qaysi grandlar taklifini rad etgan?

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan "Real Madrid"ni tark etganiga bir yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi, ammo u hamon ishlamayapti. Lekin fransuzni tez orada safga qaytishini ko‘ramiz shekilli. Libertad Digital xabariga ko‘ra, Zidan Fransiya futbol federasiyasi (FFF) bilan jahon chempionatidan so‘ng Didye Deshamning o‘rniga murabbiy bo‘lish borasida allaqachon kelishuvga erishgan. Natijadan qat’iy nazar.

“Murabbiylik kostyumini sog‘indimmi? Tez orada meni zaxira o‘rindig‘ida ko‘rasiz”, - deydi Zidan oktyabr oyi oxirida qaytishi haqida berligan savolga.

Iyun oyida Zinedin L'Equipe nashriga bergan intervyusida Fransiya terma jamoasini boshqarishni orzu qilishini tan olgandi: “Umid qilamanki, bir kun kelib terma jamoa murabbiyi bo‘laman. Qachon? Bu menga bog‘liq emas. Lekin men terma jamoa ishlamoqchiman. Men Fransiyada o‘ynaganman va bu men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi voqea!

Bu sodir bo‘lishi kerak. 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin yoki yo‘qligini bilmayman. Hozir jamoaning o‘z maqsadlari bor. Imkoniyat paydo bo‘lganda men tayyor bo‘laman."

Zidanga "Manchester Yunayted", "PSJ" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgan edi. Hammasini rad etdi
Zinedinning yangi ishi haqidagi mish-mishlar fransiyalik futbolchi "Real"dan ketganidan so‘ng deyarli darhol paydo bo‘ldi.

• Zidanga asosiy da’vogarlardan biri "Manchester Yunayted" edi. 2021 yilning kuzida ingliz klubi fransiyalik sobiq futbolchini Ole-Gunnar Sulsher o‘rniga murabbiy bo‘lishini xohlardi, biroq rad javobi keldi – fransuz OAVlari uning rafiqasi Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamagani, murabbiyning o‘zi esa tanaffus olmoqchi ekanligini yozishdi.

•‎ "PSJ" ham Maurisio Pochettino o‘rniga o‘rinbosar qidirayotgan edi. Fransiyalik mutaxassis mavsum o‘rtasida klubga kelishni istamadi, ammo parijliklar xijolat bo‘lishmadi – rahbariyat yozgacha kutishga tayyor edi. Ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, Zidan fransuz jamoasidan taklif kutayotgan ekan, Parij klubi esa boshqa nomzodlarga o‘tgan.

•‎ Zidan faqat "PSJ", "Bavariya", "Yuventus" va "Real Madrid"da ishlashga tayyorligini yozdi. Zinedin ingliz klublaridan biriga borishni istamasligini quyidagicha izohladi: “Men ingliz tilini tushunaman, lekin mukammal gapira olmayman. Til bilmasdan klublar bilan ishlayotgan murabbiylar borligini bilaman. Lekin menda uslub boshqacha.

•‎ Zidan bilan muzokara o‘tkazmoqchi bo‘lgan oxirgi klub "Chelsi" edi. Sky Sports nashrining yozishicha, Tomas Tuxel ketganidan keyin klub muzokaralar olib borgan, biroq natija bo‘lmagan.

Zidan "Real"dan ketganidan keyin nimalar qildi?

Hech qanday g‘ayritabiiy narsa yo‘q - buning uchun Zidanning ijtimoiy tarmoqlariga qarang.

Fransuz turmush o‘rtog‘i bilan ko‘p vaqt o‘tkazdi.

Tennis va stol tennis kabi sportlar bilan shug‘ullandi.

U 1998 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasidagi jamoadoshlari bilan uchrashdi. Kimlarni tanidingiz?

Va albatta, u o‘zini ajoyib jismoniy formasini saqlab qoldi.

May oyida Zidan 49 yoshida boboga aylandi.

Zidanni murabbiy sifatida sog‘indingizmi?

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 23:19, 04.11.2022.
O'qildi: 5424 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.