"PSJ" jamoasi sardor Markinyos bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar beradi L'Equipe. Manbaga ko‘ra, parijliklar rahbariyatiga himoyachining o‘yini ancha manzur kelmoqda va unga 2027 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda.
28 yoshli braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Markinyos 2013 yildan beri “PSJ”da to‘p suradi. Joriy mavsumda u klub safida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.