Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Runiga Ronalduning hatti-harakatlari yoqmayapti

Runiga Ronalduning hatti-harakatlari yoqmayapti

Baho:
+1 | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu zaxiradan o‘yinga tushishdan bosh tortgani uchun va kiyinish xonasiga kirib ketib qolgani uchun yaqinda bir necha kunga jamoadan chetlatilgan edi. Portugaliyalik ikkinchi marta maydonga tushishdan bosh tortdi. Avvalroq, Ronaldu “qizil iblislar”ning mavsumoldi mashg‘ulotlariga kechikib kelgandi.

"Manchester Yunayted" afsonalari Krishtianu Ronalduning xatti-harakati haqida turlicha fikrda. Masalan, Ueyn Runiga portugaliyalik futbolchining bu harakatlari yoqmadi.

"Menimcha, Krishtianu Ronalduning mavsum boshidan beri qilgan ishlari "Manchester Yunayted" uchun nomaqbul bo‘ldi. Roy Kin uni himoya qilganini ko‘rdim, lekin Royning o‘zi bunday narsani umuman qabul qilmasdi. Bu kabi voqealar "Manchester Yunayted" uchun ro‘y berishi kerak emas" - dedi Runi talkSPORT bilan suhbatda.

Kiritildi: 17:25, 11.11.2022.
O'qildi: 4529 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик