Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"MYU" afsonasi o‘z versiyasidagi Angliya terma jamoasini tuzib chiqdi

"MYU" afsonasi o‘z versiyasidagi Angliya terma jamoasini tuzib chiqdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblangan Ueyn Runi Angliyaning Jahon chempionati uchun mo‘ljallangan tarkibini o‘z qarashlariga ko‘ra shakllantirdi. 37 yoshli sobiq futbolchi ayni damda MLSning "DC United" klubiga boshchilik qilmoqda. Ammo AQSHda hozir mavsum yakunlanib qoldi. Shu sababli Runi dam olish uchun o‘z yurti, Angliyaga qaytgan. Sobiq hujumchi mundialni tomosha qilish va o‘z jamoasini qo‘llash uchun Qatarga borishi kutilmoqda.

Runi "talkSPORT" nashri bilan suhbatda Angliyaning hozirgi futbolchilaridan tuzilgan terma jamoani ma’lum qildi. Uning versiyasidagi jamoa quyidagicha bo‘ladi. "MYU" afsonasi 4-2-3-1 taktik sxemasini qo‘llashni ma’qul ko‘rdi. Darvozani "Everton" posboni Jordan Pikford egallaydi. Himoya uchun "MYU"ning ikki vakili bo‘lgan Maguayr va Lyuk Shou tanlandi. Ular Jon Stouns va Aleksander-Arnoldga qo‘shilib, mudofaani tashkil etib berishadi. Ammo Runining oxirgi qarori, ya’ni Trentni, Trippyer va Uokerdan ko‘ra afzal ko‘rgani, hammani hayron qoldirgan bo‘lsa, ajab emas.

Yarim himoya ham biroz o‘zgacha ko‘rinish olgan. Xususan, tayanch nuqtasiga Deklan Rays va Kalvin Fillips tanlangan. Fillips qarori g‘alatiroqdir. Negaki, "shaharliklar" vakili sentyabr oyining o‘rtasidan beri maydonga tushmagan. Ammo Runining Jyud Bellingemni tanlashi, juda ham to‘g‘ri amalga oshirildi. Bellingem sobiq hujumchining jamoasida o‘ninchi raqam vazifasini bajarib beradi. Hujum chizig‘i esa quyidagicha ko‘rinish oldi: o‘ng qanotda "Arsenal" tarbiyalanuvchisi Bukayo Saka harakat qiladi. Chap esa Fil Fodenga ishonib topshiriladi. Markaziy hujum uchun Xarri Keyndan foydalaniladi. Aytgandek, Keyn Angliya terma jamoasida gol urish borasida Runining rekordini yangilashga yaqin turibdi. "Tottenxem" hujumchisi hisobida ayni damda 51 ta gol mavjud. Rekord esa 53 taga teng.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatini 21 noyabr kuni, Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Guruhning qolgan bahslari 25 (AQSH) va 29 noyabr (Uels) sanalarida bo‘lib o‘tadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:00, 12.11.2022.
O'qildi: 2201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.