Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Nasaf» prezidenti jamoa muxlislarini tabrikladi

«Nasaf» prezidenti jamoa muxlislarini tabrikladi

Baho:
+ | -

2022 yilgi futbol mavsumi Qashqadaryo futboli uchun unutilmas va g‘alabali onlarga boy bo‘ldi.

Mavsum boshida sevimli jamoamiz «Nasaf» OCHL pley-off bosqichida Abu Dabi jamoasi «Baniyas»ni mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan guruh bosqichi uchrashuvlarida ham «ajdarlar» yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Osiyoning nomdor jamoalari «Al Sadd» (Qatar), «Al Faisaliy» (Saudiya Arabistoni), «Al Vehdat» (Iordaniya) jamoalariga munosib qarshilik ko‘rsatib, jamoa o‘z tarixida birinchi bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoamizning xalqaro arenalarda ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari natijasida O‘zbekiston jamoalari 2023-2024 yillarda 2+2 ko‘rinishda kvotaga ega bo‘ldi.

Xalqaro maydonda munosib ishtirok etgan yigitlarimiz O‘zbekiston Superligasi va O‘zbekiston Kubogi musobaqalarida ham barchamizni quvontirishdi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finalida sevimli jamoamiz «Navbahor» jamoasini 2:1 hisobida taslim etib, o‘z tarixida uchinchi bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi va 2023 OCHL da guruh bosqichini kafolatladi. Jamoa Superliganing so‘nggi turigacha chempionlik uchun kurashdi va yakunda o‘n birinchi bor bronza medallariga ega chiqdi.

Srechko Katanes bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham «Nasaf» jamoasining 8 nafar futbolchisi taklif qilindi. Taklif etilganlar orasida yana 2 nafar «Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchilari borligi bizni quvontiradi. Bundan tashqari boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarga ham «Nasaf» va «Sevinch» tarbiyalanuvchilari jalb etilmoqda. Shuning o‘zi ham biz to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizdan dalolatdir.

«Sevinch» ayollar jamoasi ham qisqa tanaffusdan so‘ng o‘z «taxt»iga qaytdi. Qizlarimiz ayollar chempionatida chempionlikni va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritib, oltin «dubl» qayd etishdi. Ular ham keyingi mavsumda ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi katta futbol musobaqalaridagi to‘rtta kubokning uchtasi Qarshiga keltirildi. Bu viloyatimiz futboli uchun katta yutuq deyish mumkin.

Qo‘lga kiritilgan yutuqlar uchun «Nasaf hamda «Sevinch» jamoalari murabbiylari va futbolchilariga, bu ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishda amaliy yordam bergan Qashqadaryo viloyati hokimligi va «O‘zbeknefgaz» AJ rahbariyatiga o‘z tashakkurimni izhor etaman.

Ishonamanki, biz birgalikda bundanda yuqori natijalarga erishamiz. Biz yangi mavsumda yanada kuchli bo‘lib qaytamiz. Chunki biz «Nasaf»miz. «Nasaf»ga esa o‘xshashi yo‘q!

Shuxrat Aslanov, «Nasaf» futbol klubi prezidenti

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:05, 13.11.2022.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.