Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Legionerlarimiz: Erkinovning maqsadi – yevrofutbol

Legionerlarimiz: Erkinovning maqsadi – yevrofutbol

Baho:
+ | -

Eldor Shomurodov ortidan yevrofutbol markaziga talpinayotgan yigitlarimizdan biri Hojimat Erkinov ayni payt RPLda chakki taassurot qoldirmayapti.

Ha, milliy jamoamiz vingerining klubi — «Torpedo» chempionatda rosa qiynalmoqda, yaqqol autsayder bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, muxlislar ham, mutaxassislar ham Hojimatning o‘yiniga yaxshi baho berishyapti. Hamyurtimiz yaqinda Rossiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan matchtv.ru sayti mehmoni bo‘ldi va suhbat davomida kelajakda o‘z kuchini yevrofutbol markazida sinab ko‘rishga ishtiyoqmand ekanligini yashirmadi.

— Eldor Shomurodov kabi Italiya «A» seriyasida o‘ynash variantiga qanday qaraysan?
— Albatta, kuchli ligalardan birida to‘p surishni istayman. Kim ham Italiya, Angliya yoki Ispaniya chempionatiga borishni xohlamaydi? Qisqasi, hozirgi harakatim shunga qaratilgan.

— Xo‘sh, senga hamyurting kabi Joze Mou­rinyo bilan ishlash yoqadimi yoki Aleksey Miranchukdek Jan Pyero Gasperini qo‘l ostida...?
— Menimcha, Mourinyo bilan ishlash qiziqarliroq bo‘lsa kerak.

— Nega aynan «Benazir» bilan?
— Bolaligimdan uning faoliyatini kuzatib kelaman. Mourinyo ko‘plab katta klublarda yorqin iz qoldirdi. Shu jihatdan ham Joze qo‘l ostida shug‘ullanish qiziq.

— Mourinyo boshqargan jamoalardan qaysi biriga alohida muxlislik qilgansan?
— «Real»ga.

— O‘sha vaqt Mourinyo top-darajadagi murabbiy edi, shundaymi?
— Har holda, saviyasi ko‘pchilikda havas uyg‘otardi.

21 yoshli Hojimat Erkinov — «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Katta futboldagi faoliyatining ilk qismida «Qo‘qon-1912» va AGMKda ijara muddatini o‘tadi va «Paxtakor»ga qaytib, asosiy o‘yinchilar qatoriga kirdi. «Torpedo» safiga esa iyul oyida qo‘shilib, 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma ostiga imzo chekdi. Erkinov 2 yildan buyon O‘zbekiston milliy jamoasiga jalb etilmoqda. Bu vaqtda 13ta o‘yinda qatnashib, 1ta gol urdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:26, 15.11.2022.
O'qildi: 3022 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.