Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Tilemans o‘zining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

Tilemans o‘zining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

Baho:
+ | -

Belgiyalik Yuri Tilemans "Lester" bilan yangi shartnoma imzolamaydi. 25 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumni jamoada yakunlaydi, shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

Avvalroq OAVda Tilemansga asosiy da’vogar Londonning "Arsenal" klubi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yurining qishki transfer oynasida "kanonirlar" safiga qo‘shilish ehtimoli ham inkor etilmaydi.

Belgiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2019 yilning yozidan beri “Lester” safida o‘ynaydi.

Kiritildi: 13:48, 20.11.2022.
O'qildi: 2601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик