Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Manchester Yunayted" "ortiqcha yuk"dan qutulish uchun Jorje Mendesh yordamidan foydalanmoqchi

"Manchester Yunayted" "ortiqcha yuk"dan qutulish uchun Jorje Mendesh yordamidan foydalanmoqchi

Baho:
+ | -

So‘nggi bir-ikki hafta ichida futbol olamida katta voqealar sodir bo‘ldi. Shulardan biri, shubhasiz, Ronalduning "katta portlash"ni vujudga keltirgan intervyusi edi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi Pirs Morgan bilan bo‘lgan suhbatda, o‘zining ta’biri bilan aytganda, ko‘plab haqiqatlarni ochib tashladi. Jumladan, Ronaldu 90 daqiqalik intervyu davomida "Manchester Yunayted"dagi barchani, ten Xagdan tortib, Gleyzerlarga qadar achchiq tanqid ostiga oldi. Ushbu voqea Jahon chempionati boshlanishiga bir hafta qolganida ro‘y berdi. Kontentning tizeri chiqqan paytdanoq, keng jamoatchilik buni muhokama qila boshladi. Ayrim mutaxassislar, xususan, sobiq "MYU" futbolchilari Ronalduni klubdan xaydash kerakligini bildirishdi. Albatta, aytishga oson. Ammo bu ish silliq kechmaydi. Yaqinda "Daily Mail" nashrida e’lon qilingan materialda "MYU"ning Ronaldu borasida qanday yo‘l tutishi bayon etildi. Unda, "MYU"ning Ronalduning agenti Mendesh bilan yaqin munosabatlari, 37 yoshli hujumchini "Old Trafford"dan ketkizishga yordam berishi mumkinligi aytiladi. Xabarda, jumladan, shunday deyiladi:

"Ular (klub rahbariyati) Ronalduning ushbu intervyusi uchun futbolchining agentini ayblayotgani yo‘q. Aksincha, Mendeshga yangi iltimos bilan chiqishmoqchi. "MYU" Ronaldu bilan tuzilgan bitimni muddatidan oldin bekor qilmoqchi va bunda Mendeshning yordamiga muhtoj. Ayni damdagi holatdan na "MYU", na Ronaldu va na Mendesh manfaatdor. Shunday ekan, masalani tezroq hal qilish lozim".

Bu vaziyat haqida sobiq ingliz futbolchisi Tim Shervud ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. U shunday deydi: "Ronalduning aytgan gaplarini ta’sirli va haqli deb o‘ylamayman. U nima degani muhim emas, aslida. Uning buni qay yo‘sinda va qayerda aytgani muhimroq. U bu gaplarni namoyishkorona, omma oldida bayon qildi. Menimcha, Ronaldu bu qilmishi bilan o‘zining "Manchester Yunayted"dagi shonli tarixiga katta dog‘ tushirdi. Nafaqat, "MYU"dagi, balki APLdagi faoliyatiga ham. Bu gap so‘zlarni eshitgan va ko‘rgan Lionel Messi o‘z joyida o‘tirib, kulib qo‘ygandir. Kimdandir tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqida so‘rasangiz, Messi yoki Ronaldu deydi. Menimcha, endilikda, Ronaldu deguvchilar ancha kamayadi. Hattoki, mening ham ichimda, Krishtianuning bu qilmishidan keyin Messiga moyillik kuchaydi".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:11, 21.11.2022.
O'qildi: 4288 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.