Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Ferdinand - Ronalduning ketishi haqida: "Ten Xag niyatiga yetdi"

Ferdinand - Ronalduning ketishi haqida: "Ten Xag niyatiga yetdi"

Baho:
+ | -

Rio Ferdinand Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ketishi haqida gapirdi.

Portugaliya terma jamoasi va klubning 37 yoshli hujumchisi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomani bekor qildi.

Avvalroq Krishtianu shov-shuvli intervyu berib, unda "Manchester Yunayted" rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xagni tanqid qilgan edi.

"Menimcha, hozir ikkala tomon ham baxtli. Ochig‘i, u intervyuni klubdan ketish niyatida bergan. U baxtsiz edi va buni aniq aytdi.

Ammo men ishonamanki, Erik ten Xag ham bu vaziyatda xohlagan narsasiga erishdi. Ikkala tomon ham baxtli, hayot davom etmoqda. Bu Krishtianu Ronaldu uchun keyingi bob.

Menimcha Ronalduning keyingi qadami motivasiyaga bog‘liq. Chempionlar ligasi, pul? Iqlimi yaxshi joyda o‘ynashni davom ettiradimi? Bu parda ortida sodir bo‘ladi, lekin ishonchim komilki, biz buni o‘z vaqtida bilib olamiz" - dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi BBC bilan suhbatda.

Kiritildi: 17:43, 23.11.2022.
O'qildi: 7514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик