Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

«Manchester Yunayted»ni sotib olishga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted»ni sotib olishga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Dunyoning bir nechta yirik kompaniyasi va bir necha shaxs «Manchester Yunayted»ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Klub matbuot xizmati avvalroq «Manchester Yunayted» sotuvga qo‘yilishi borasida muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi sotuvdan 5 milliard funtdan ko‘p ishlab olmoqchi, ular uchun eng maqbul variant 6—8 milliard funt atrofidagi miqdor bo‘ladi.

Dunyoning yirik IT-kompaniyalari Amazon va Facebook, shuningdek, BAA hamda Qatardan bo‘lgan amaldorlar ham «Manchester Yunayted»ni sotib olishga qiziqish bildirgan.

The Telegraph versiyasi bo‘yicha, Buyuk Britaniyaning eng boy kishilaridan biri Jim Retkliff Manchester jamoasini sotib olishga tayyor. Ineos kimyo kompaniyasiga egalik qiluvchi 70 yoshli tadbirkorning boyligi 16,3 milliard dollarga baholangan.

Qayd etilishicha, Retkliff avgust oyidayoq o‘zi muxlislik qiladigan klubni sotib olish borasida Gleyzerlar oilasi bilan bog‘langan. Biroq u vaqtda «Manchester Yunayted» egalari klubni sotish niyatida emas edi.

Ineos kompaniyasi «Nissa» va «Lozanna» futbol klublariga egalik qiladi.

Financial Times’ning xabar qilishicha, «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Devid Bekhem ushbu jarayonda ishtirok etish istagida. Angliyalik funksioner potensial xaridorlar bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bekhemning o‘zi «Manchester Yunayted»ni sotib ololmaydi. Biroq investorlar orqali klubning yirik aksioneriga aylanishi mumkin.

Klub Gleyzerlar oilasiga tegishli. Amerikalik oila 2005 yilda 790 million funt evaziga «Manchester Yunayted»ni sotib olgandi. Ayni vaqtda jamoaning bozor narxi 1,81 milliard funtga teng. Avvalroq Gleyzerlar klubni sotish borasida 5 dan 9 milliard funtgacha bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:59, 24.11.2022.
O'qildi: 4938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик