Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Qo‘qondagi «Markaziy» stadion yoritkichlari yangilanadi

Qo‘qondagi «Markaziy» stadion yoritkichlari yangilanadi

Baho:
+ | -

Qo‘qondagi “markaziy” stadioniga O‘zPFL tomonidan yoritkichlar talabga javob bermaganligi sababli taqiq qo‘yilgan edi. Jamoa o‘tgan yil boshida Polsha davlatining “Phlipis” kompaniyasi yoritkichlarini o‘rnatish bo‘yicha diler kompaniya bilan shartnoma imzolagan va buning uchun ma’lum  miqdorda pul ham to‘langan hamda yoritkichlarning bir qismi Qo‘qonga yetib kelgan ham edi. Biroq keyinchalik yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sababli kelishilgan summaning qolgan qismini to‘lanmadi va yoritkichlarning qolgan qismlari ham bizga yetib kelmadi.

Jamoa rahbariyati kelgusi mavsumga stadionni barcha talablarga javob bera oladigan holatga keltirish uchun allaqachon amaliy ishlarni boshlab yuborishgan.  Birinchi o‘rinda stadion yoritkichlari masalasi bilan shug‘ullangan rahbarlar avvalgi kompaniya bilan shartnomani bekor qildi hamda Litva davlatining ZAO “Tranzito paslaugu sentras” kompaniyasi bilan yangitdan kelishuvga erishdilar. Bu kompaniya ham “Phlipis”ning rasmiy dileri hisoblanadi. Olib borilgan muzokaralar natijasida Qo‘qonga yetib kelgan “Phlipis”  yoritkichlariga yana qo‘shimcha eng so‘nggi rusumdagi yoritkichlar va butlovchi qismlar keltiriladi va “Markaziy” stadion PFL talab qilgan yorug‘lik lyuksiga ega bo‘ladi.

Kecha yuqoridagi kompaniya hisob raqamiga kelishilgan miqdordagi pul mablag‘lari to‘lig‘icha o‘tkazib berildi. Endi Litva kompaniyasi dekabr oyi ichida, uzog‘i bilan yanvar oyida yoritkichlarni Qo‘qonga yetkazib berish masalasini hal qiladi hamda yangi yilning yanvar oyida “Markaziy” stadionda yoritkichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.

Qolaversa, stadion chimini yangi mavsumgacha futbol o‘ynash uchun ideal holatga keltirish, maydon chimiga mutaxassislar bilan maslahat qilgan holda ishlov berish bo‘yicha ham ishlar shu kunlarda boshlanadi. Xullas, kelgusi mavsumni jamoa muxlislar qarshisida va barcha talablarga javob beradigan chiroyli stadionda o‘tkazadi

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:43, 25.11.2022.
O'qildi: 2116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик