Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Krishtianu Ronalduda yana muammo. U ko‘cha olmayapti!

Krishtianu Ronalduda yana muammo. U ko‘cha olmayapti!

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu bilan yaqin haftalar ichida yuz bergan voqealardan hammaning xabari bor. 37 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"dan achinarli tarzda ketdi. Bu voqea uning Pirs Morganga bergan "bomba" intervyusidan keyin ro‘y berdi. Endi uning Manchester shahrida qiladigan ishi yo‘q. Shu sabab u o‘z yurtiga qaytishi kerak. Bu esa futbolchining Angliyadagi oilasi va uy jihozlarini ham ko‘chirish kerakligini anglatadi.

Xabarlarga ko‘ra, Ronalduning narsalarini tashish uchun Manchesterning Cheshir mavzeyiga ulkan yuk tashuvchi avtomobil yuborilgan. Mashina Ronalduning 5 million funtlik koshonasidan futbolchining "lash-lushlar"ini yig‘ib qaytishi kerak edi. Ammo u mavzening tor ko‘chasiga sig‘may qolgan. Yuk avtomobili yo‘ldan burilishda muammoga duch kelgan shu sababli, manzilga yetmay, ortga qaytishga majbur bo‘lgan. Bir soatlik urinishlardan keyin, mashinaning muammoli ekani, u Cheshir yo‘llarida yurish uchun kattalik qilishi ma’lum bo‘lgan.

Endilikda, bu ishni bajarish uchun, hajmi kichikroq bo‘lgan transport vositasi kerak bo‘ladi. U Ronalduning xotini va 5 farzandi yashaydigan xonadonga yetib borib, narsalarni ortib qaytishi lozim. Manchesterdagi koshonada Ronalduning 150 ming funtlik "Cadillac Escalade" hamda 300 minglik "Bentley Flying Spur" rusumidagi avtolari bo‘lgan. Ular payshanba kuni transportyor orqali olib ketilgan edi. Ronalduning Manchesterdagi uyida, uning o‘zi qurdirgan qiymati 50 ming funtga teng bo‘lgan trenajor zali bor. Futbolchi va uning oilasi 5 millionlik koshonada ijara asosida, oyiga 40 ming funt to‘lab turar edi. "MYU" bilan bitim tugatilganidan keyin, Krishtianuning uyida allaqachon ko‘chish tashvishlari boshlanib ketgan.
Ronaldu "MYU"dan ketishi haqida shunday degandi: "Biz klub bilan kelishgan holda shartnomani tugatishga qaror qildik. Mening "Manchester Yunayted"ga, klub muxlislariga bo‘lgan mehrim hech qachon o‘zgarmaydi. Yangi sarguzashtlar izlash vaqti yetib kelgan ko‘rinadi. "MYU"ga kelajakda katta zafarlar tilab qolaman".

Ronaldu, "MYU" unga xiyonat qilganini, bosh murabbiy Erik ten Xagni hurmat qilmasligini bayon qilgani sababli o‘z jamoasidan xaydaldi. U ayni damda Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Uning jamoasi birinchi turni Ganaga qarshi g‘alaba bilan tugatdi (3-2).

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:33, 27.11.2022.
O'qildi: 15251 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик