Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vladimir Bubanya: "Mavsum biz uchun a’lo darajada o‘tdi"

Vladimir Bubanya: "Mavsum biz uchun a’lo darajada o‘tdi"

Baho:
+ | -

Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Andijon” klubi endi bor e’tiborini yangi mavsumga qaratgani hech kimga sir emas.

Albatta, jamoaning pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etishida jamoadagi futbolchilarning o‘rni beqiyos bo‘lganini ayni haqiqat.

Bu masalada gap ketganda legioner o‘yinchilarning xizmatini unutmaslik lozim. Serbiyalik legioner himoyachi Vladimir Bubanya ham muxlislar mehrini qozongan futbolchilardan biri bo‘ldi. U 25 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Uning ham himoyadagi ishonchli o‘yinlari jamoaning Superligaga qaytishida muhim omillardan biri bo‘ldi.

“Mash’al”, “Turon” va “Sho‘rtan”ga qarshi Andijondagi bahslarda Bubanya gollari bilan jamoasining g‘alabalari uchun katta hissa qo‘shdi.

Serbiyalik legionerga ortda qolgan mavsum borasidagi ayrim savollar bilan murojaat qildik. 

-  Vladimir, “Andijon” klubida o‘tkazgan debyut mavsumingizdan har tomonlama qoniqqan bo‘lsangiz kerak-a?

-  Ha, o‘ylaymanki, birinchi mavsum biz uchun a’lo darajada o‘tdi.

-  Bungacha Superliga faoliyat olib borgansiz. Ilk bor pro ligada to‘p surdingiz. Ayting-chi, uning darajasi qanday?

-  Albatta, bungacha men Superligada o‘ynaganman. Pro ligada nihoyasiga yetgan mavsum ham ancha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ayniqsa, “Andijon”, “Buxoro” va “Turon” klublarining mavsumni zo‘r o‘tkazib Superligaga chiqishgani ham fikrimga isbot bo‘la oladi.

-  Siz uchun esda qoladigan uchrashuvlar qaysilari bo‘ldi?

-  O‘yinning oxirgi daqiqalarida ikki-uch bor biz gollar kiritib, o‘ziga xos natija ko‘rsata olganimizni aytishim mumkin.

-  Siz odatda o‘ynagan jamoalaringizda 15-raqam ostida to‘p surasiz. Buning sababini ayta olasizmi?

-  15 – bu mening omadli raqamimdir.

-  “Andijon” bilan vazifani muvaffaqiyatli bajara oldinglar. Oson bo‘lmagan mavsumdan so‘ng xordiqni qayerda chiqaryapsiz?

-  Eng asosiysi, biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara oldik. Hozirda oilam davrasida uyimda xordiq chiqaryapman.

-  Kelasi yil uchun rejalaringiz qanday? Yana “Andijon”dagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

-  Mavsum yaxshi o‘tdi. Hozirda mening xizmatimga qiziqish bildirgan 2-3 ta jamoadan qo‘limda takliflar bor. Agar hammasi ko‘ngildagidek davom etsa, “Andijon”da qolib o‘ynayveraman.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 09:52, 01.12.2022.
O'qildi: 1581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик