Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Lionel Messi: «Hech kimdan uzr so‘rashim shartmas»

Lionel Messi: «Hech kimdan uzr so‘rashim shartmas»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Meksika terma jamoasi libosi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

JCH—2022 2-turidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi o‘yindan so‘ng (2:0) Argentina terma jamoasi kiyim almashtirish xonasidagi holat videotasvirlari ijtimoiy tarmoqlarga joylandi. Unda Messi yerda yotgan Meksika terma jamoasi libosiga tegib ketgani aks etgan.

Ushbu holat bokschi Saul Alvaresga yoqmagan va u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Leoni tanqid qilgan. Keyinchalik Guardado bu vaziyatga munosabat bildirib, Messining yonini olgan va bokschining harakatini «nizo yaratish va mashhurlikka erishishga urinish»ga qiyoslagan.

Futbolchilar Serxio Aguero, Sesk Fabregas, bokschi Mayk Tayson ham Messini qo‘llab-quvvatlagan. Shundan so‘ng Kanelo Lionel Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi.

Leoning o‘zi esa vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi:

«Bu anglashilmovchilik. Meni taniganlar biladiki, hech kimga hurmatsizlik qilmayman. Bunday holat o‘yindan so‘ng kiyim almashtirish xonasiga doim yuz beradi. Hech kimdan uzr so‘rashim shartmas, chunki meksikaliklarga va terma jamoa libosiga nisbatan hurmatsizlik qilganim yo‘q».

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:32, 01.12.2022.
O'qildi: 9165 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.