Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Gvardiol "Leypsig"da juda baxtli

Gvardiol "Leypsig"da juda baxtli

Baho:
+ | -

"Leypsig" himoyachisi Yoshko Gvardiolning vakili bo‘lgan agent Marjan Sishichning aytishicha, futbolchi klubni tark etishga shoshilmayapti.

"Yoshko "Leypsig"da juda baxtli. 2023 yilning yozidagi transfer borasida biz shoshilmayapmiz va hech qaysi klub bilan kelishib olganimiz yo‘q. Albatta, ba’zi top-klublar u bilan bog‘lanishgan, ammo uning "Leypsig" bilan uzoq muddatli shartnomasi bor", - deya agentning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Sky Germany.

20 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2021 yildan buyon “Leypsig” safida to‘p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Gvardiol “Leypsig” safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Kiritildi: 15:35, 06.12.2022.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик