Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Endrik "Real" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi

Endrik "Real" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" allaqachon "Palmeyras" hujumchisi Endrikning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

"Qaymoqranglilar" futbolchi uchun 60 million yevro (bonuslar bilan birga) to‘laydi.

Endrik 2024 yilda 18 yoshga to‘lganda "Real"ga o‘tadi. U hozir shartnoma imzolaydi, ammo bu shartnoma faqat 2025 yilgacha hisoblab chiqiladi. Gap shundaki, braziliyalik voyaga yetmagani uchun uzoqroq mehnat shartnomasini imzolay olmaydi. Biroq, keyin shartnoma yana 5 yilga uzaytiriladi.

Qayd etilishicha, Endrik bilan “Real”dan tashqari “PSJ”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqish bildirishgan. Shuningdek, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi unga braziliyalik futbolchi kerakligini, kataloniyaliklar u va uning otasi bilan muzokara olib borayotganini aytdi. Biroq futbolchi Madrid klubiga o‘tishni tanladi.

Endrik “Palmeyras” safida 2022 yilning iyulidan buyon to‘p suradi va Braziliya klubi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:38, 12.12.2022.
O'qildi: 3029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик