Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Top-chempionatlarning eng keksa o‘yinchilari

Top-chempionatlarning eng keksa o‘yinchilari

Baho:
+ | -

Har yili yangi mavsumda futbol jamoatchiligining asosiy e’tibori yosh o‘yinchilarga qaratiladi.

Sababi, ular bo‘lajak yoki anchayin shakllanib ulgurgan yulduzlar hisoblanadilar. Biroq faxriy futbolchilarni ham unutib qo‘ymaslik lozim. Chunki ular hozir ham hayratomuz o‘yinlar ko‘rsatishlari, hech bo‘lmaganda, yuksak saviyada to‘p surishlari mumkin. Quyidagi material yetakchi chempionatlardagi keksalikni tan olmagan holda risoladagidek o‘yinlari bilan barchani xushnud etayotgan «qariyalar»ga bag‘ishlangan.

APL

Angliya chempionatidagi eng yoshi ulug‘ o‘yinchi Tyago Silva. «Chelsi»ning braziliyalik himoyachisi 38 yoshda, talab darajasida to‘p surayotgani bois, yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Silvani yosh umuman qiziqtirmaydi. Yaqinda u 40 yoshga qadar maydonni tark etmaslik niyatida ekanligini bildirdi. Bu bemalol ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan orzu. Shu yoshda APLdek nufuzli chempionat talablarini qondirish faqat o‘ta mohir va chidamli professionallarga nasib etishi mumkin.

Yosh jihatidan Silvadan keyingi o‘rinlarni «Aston Villa» himoyachisi Eshli Yang va «Vest Xem» darvozaboni Lukash Fabyanskilar band etishgan. Har ikkisi 37 yoshda. «Qariyalar» ro‘yxatini «Liverpul» yarim himoyachisi Jeyms Milner va «Vulverxempton» xavbeki Joau Moutinyolar yakunlab berdilar. APLga jamlangan barcha faxriy futbolchilar o‘z jamoalarida muhim o‘yinchilar safidalar.

La Liga

Ispaniya chempionatidagi eng katta yoshli futbolchi - «Betis» vingeri Xoakin. U 41 yoshda. Futbolchi o‘tgan yil yozida butsalarini mixga ilmoqchi bo‘lgandi. Lekin Ispaniya Kubogidagi g‘alabadan keyin fikridan qaytdi. Axir u yevrokubok musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. «Verdiblankos» tarbiyalanuvchisi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasada, baribir, jamoaning muhim a’zosi maqomida qolmoqda. YELda esa murabbiy unga to‘la ishonch bildirmoqda. Xoakin esa bu ishonchga nufuzli turnirning eng keksa to‘purari unvoni bilan javob qaytardi.

«Qariyalar» ro‘yxatidagi 2-pog‘ona 40 yoshli Diyego Lopesga tegishli. To‘g‘ri, «Rayo Valyekano»da u asosiy darvozabon maqomida emas. «Kadis»hujumchisi Alvaro Negredo, «Vilyarreal» himoyachisi Raul Albiol va «Real» xavdeki Luka Modrichlar ro‘yxatdagi keyingi o‘rinlarni band etishdi. Ular - 37 yoshli tengdoshlar. Negredo «Kadis»da rotasiya o‘yinchisi, Modrich bilan Albiol esa o‘z jamoalarida yetakchi maqomidalar. Ayniqsa, xorvatiyalik «qariya» o‘zining ajoyib uzatmalari bilan hammani lol qoldirmoqda.

«A» seriyasi

Italiyada yoshni pisand qilmagan holda jamoaning muhim murvati sifatida to‘p surayotgan chinakam jentlmenlar yetarli. Ularning sardori hisoblangan Zlatan Ibragimovich 41 yoshda bo‘lsada, hozircha futbol bilan xayrlashmoqchi emas. Hozir Ibra «rossonerlar»ga chempionlik unvonini saqlab qolishda yordam berish maqsadida jarohatdan tezroq forig‘ bo‘lish harakatida.

2-o‘rindagi «Sampdoriya» hujumchisi Fabio Kvalyarella 39, 3-o‘rindagi «Inter» darvozaboni Samir Xandanovich 38 yoshdalar. Bu jentlmenlarni Janluidji Buffon bir pog‘onadan pastga tushirib, o‘zi peshqadam bo‘lishi mumkin edi. Biroq «Yuventus» faxriysi va «Parma» tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Jidji hozir «V» seriyasida to‘p surmoqda.

Bundesliga

Germaniya chempionati bilan bog‘liq o‘ta kamyob reyting­lardan biri. Chunki unda peshqadamlik maqomi «Bavariya» vakilida emas. Ro‘yxatda 38 yoshli Makoto Xasebe yetakchilik qilmoqda. Faoliyatining asosiy qismini Germaniyada o‘tkazayotgan yaponiyalik himoya­chi «Ayntraxt»ga qadar «Volfsburg» va «Nyurnberg» klublari sharafini himoya qilgan. Ichki musobaqalarda Xasebe Germaniya chempioni, Kubogi va Superkubogiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u - YEL g‘olibi.

Makotodan keyingi o‘rinlarni 36 yoshdagi «Boxum» yarim himoyachisi Antoni Losilya va «Bavariya» posboni Manuel Noyerlar egallashdi. «Gerta» himoyachisi Peter Pekarik bilan yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng hamda «Union» himoyachisi Kristofer Trimmellar 35 yoshdalar. Boateng ko‘plab mamlakatlar, shaharlar va klublardan keyin qadrdon jamoasiga qaytdi, sayyoh o‘z faoliyatiga aynan Berlinda nuqta qo‘yishi mumkin.

Liga 1

Fransiya chempionatida yoshi ulug‘ «oqsoqollar» yetakchiligi 2 nafar futbolchiga tegishli - «Nissa» himoyachisi Dante va uning «Lill»dagi kasbdoshi Joze Fonte ham 38 yoshda. Ularning ikkovi ham yorqin faoliyat sohiblari, sovrinlar bobida teng emaslar. Boisi, Dante «Nissa»dan avval «Bavariya»da o‘ynagan va 3 yil ichida klub futbolidagi barcha mavjud sovrinlar - chempionlik, Germaniya Kubogi va Superkubogi, YECHL Kubogi va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritib, klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibligi bilan nuqta qo‘ygan. Biroq Fonte Danteda  bo‘lmagan sovrin - Liga1 chempionligi bilan maqtana oladi.

Faxriylar ro‘yxatidagi ke­yingi o‘rinlar 37 yoshli «Renn» darvozaboni Stiv Mandanda va «Ayachcho» vingeri Riyod Nuri, 36 yoshli Odil Rami («Trua»), Serxio Ramos («PSJ»), Remi Dyujimon («Oser»), Matye Kutader va Sedrik Avinel (ikkovi - «Ayachcho»)larga tegishli.

SODIQ SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:30, 12.12.2022.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.