Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Garet Sautgeytning o‘rni xavf ostida: Angliya uchun keyingi mutaxassis kim bo‘ladi?

Garet Sautgeytning o‘rni xavf ostida: Angliya uchun keyingi mutaxassis kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Sautgeyt Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, rahbariyatdan qaror qabul qilish uchun vaqt so‘ragan. Endilikda, hammasi chalkash bo‘lib turibdi. Tez orada bu masala hal qilinadi. Quyida esa uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan potensial nomzodlar haqida so‘z boradi.

Maurisio Pochettino

Juda ham qiziq variant, shunday emasmi? Ayniqsa, Sautgeytning "qo‘rqoq" taktikasidan to‘yib ketganlarni Pochettino nomi o‘ziga ohangraboday tortadi. Boz ustiga, Angliya termasida Pochettinoning 4-2-3-1 sxemasi uchun yetarlicha mos keladigan futbolchilar bor. Qolaversa, jamoaning asosan yoshlardan tarkib topgani ham argentinalikka katta yordam beradi. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Pochettino hozir klub futbolini istamoqda. Bu esa uni "Chelsi" bilan bog‘lashlariga sabab bo‘ldi.

Eddi Xau

Agarda Sautgeyt jamoada yana bir-ikki yil qoladigan bo‘lsa, Xau varianti reallikka aylanishi mumkin. Chunki Xau Sautgeytning haqiqiy davomchisi bo‘ladi. Negaki, hozir ham ko‘rib turibmiz – "Nyukasl"ning o‘yinlari hammaga yoqmoqda. Xau esa o‘z ishini yaxshi eplayapti. Ammo Garet Sautgeytning hoziroq ketishi ehtimoli bilan, Xau varianti biroz chetga chiqadi. Chunki hali erta.

Grem Potter

Qaror qabul qilish jarayoni Potterga o‘ta muhimdir. Shuningdek, bu borada Xauning ahvoli aks ta’sir beradi. Ya’ni, Sautgeytning hoziroq ketishi, Potterning kelishni yaqinlashtiradi. Chunki sobiq "Brayton" ustozining bugungi "Chelsi"dagi ishlari yaxshi emas. Shu sababli, londonliklar ham Potterning ketishiga ortiqcha qarshilik qilmasa kerak. O‘yin qurilishi va taktik jihatdan Angliya konservativ yondoshsa, Potter – ayni muddao.

Arsen Venger

Angliyada Venger bizni uzoq vaqt davomida o‘zi qurgan futbolga oshno etgan. Unda muxlislar xohlagan hamma narsa bor: tajriba, hurmat, kuchli bilim, salohiyat va eng asosiysi, u dunyo futbolidagi tendensiyalarni yaxshi tushunadi. Ayni damda Venger FIFAda ishlamoqda.

Tomas Tuxel

Pochettinonikichalik bo‘lmasada, Tuxelda ham ingliz futboliga bo‘lgan muhabbat ancha kuchli. Ha, bu ikki nomni Angliya terma jamoasi uchun yangi murabbiylikka nomzod sifatida eshitish, istalgan kishiga zavq bag‘ishlaydi. Hammada nemis mutaxassisining darajasi haqida ma’lumot allaqachon bor. Ammo Tomas Tuxel bobida muammolar mavjud. U ham, avvalo, klub futbolini ma’qul ko‘radi. Lekin Sautgeytning o‘rni sovimasdan egallab olish, yuqoridagi nomlar uchun muhimdir. Negaki, ular yoki ishsiz, yoki bo‘lmasa, o‘z ish joyidagi o‘rni kafolatlanmagan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 09:32, 13.12.2022.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.