Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Eng sermahsul «futbolchilar fabrikasi»

Eng sermahsul «futbolchilar fabrikasi»

Baho:
+ | -

CIES sport tadqiqotlar xalqaro markazi yaqinda qiziqarli tadqiqotni amalga oshirdi - Yevropa mamlakatlarining 31ta oliy liga jamoalarini tahlil etdi va ularning qaysisi ko‘proq tarbiyalanuvchilarga ega ekanligini aniqladi.

Soddaroq aytganda «futbolchilar tayyorlash bobida eng yaxshi klublar» reytingini shakllantirdi.

Hisob-kitoblar quyidagi shartlar bo‘yicha olib borildi:

• Futbolchi 15 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan davrda qaysi jamoada kamida 3 yil to‘p surgan bo‘lsa, o‘sha jamoaning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi (ayrim futbolchilarda 2ta «qadr­don» klub bo‘lishi mumkin);

• Chempionatda faqat 1 oktyabrga qadar asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinchilar inobatga olinadilar. Mabodo ular bir marta ham maydonga tushmagan bo‘lsalar, avvalgi ikki mavsumdagi o‘yinlari hisobga olinadi. Shuningdek, 2- va 3-darvozabonlar ham hisobga olinadilar;

• Tadqiqot Yevropaning 31ta chempionatida olib borildi: Angliya va Ispaniyadan Finlyandiya, Belarus va Kiprgacha. Biroq top-chempionatlar beshligi - Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya alohida tahlil etildi.

Qiziqarli va ajabtovur natijalar

• Shak-shubhasiz yetakchi - Amsterdamning «Ayaks»i. Bu jamoa tarbiyalagan futbolchilarning 80dan ortig‘i hozirda Yevropaning oliy divizionlarida to‘p surmoqdalar. Ularning 8 nafari «Ayaks» tarkibida. Ular eng yaxshi maktab nomini oqladilar;

• Yetakchi beshlikdan Ukrainaning 2 klubi joy olishdi. Qizig‘i shundaki, «Dinamo» va «Shaxtyor» tarbiyalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchilar safidalar;

• Bir o‘ylab ko‘ring: «Partizan», «Srvena Zvezda» va «Voyvodina» birgalikda 173 nafar tarbiyalanuvchini tayyorlab berishgan. Zagrebning «Dinamo»si umuman, top-beshlikda, «Xayduk» ro‘yxatning yuqori qismidan joy olishiga tarbiyalanuvchilarning sal ozroq ekanligi (48) xalal berdi;

• Grand klublar ham yetarli: «Real», «Barselona», «PSJ» - to‘g‘ri, qadrdon jamoalar tarkibida tarbiyalanuvchilar soni ko‘p emas;


Top-chempionatlar beshligi

• Ma’lum bo‘lishicha, Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya chempionatlariga tarbiyalanuvchilar tayyorlab berishda «Real»­ga tenglasha oladigan klub yo‘q ekan. Biron bir jamoa top chempionatlarga 40dan ortiq o‘yinchi yetkazib bera olmagan. Madridliklar esa Xuan Mata, Ashraf Hakimi, Pablo Sarabiya, Alvaro Morata va boshqa ko‘plab iqtidorlarni tarbiyalab berishgan;

• Klublar o‘rtasida dastlabki 10ta o‘rinni Ispaniyaning 3ta, Fransiyaning 2ta jamoalari egallashdi. Angliyadan «MYU», Italiyadan «Atalanta», Germaniyadan «Bavariya» keyingi o‘rinlarni band etishdi;

• Lissabonning «Sporting» klubi yetakchi o‘nlikdan joy olganligi ajablanarli hol. Axir Portugaliya top-chempionatlar vakili emas. Demak, 24 nafar lissabonlik tarbiyalanuvchilarning birortasi «Sporting»da yoki Portugaliyaning boshqa jamoalarida o‘ynamaydi;

Angliya

** Asosiy fakt shuki, kadrlar tayyorlash bobida APLning yetakchi oltiligi vakillari oldindalar. Ulardan keyingi o‘rin «Sautgemp­ton»ga tegishli;

** Kartinkadan faqat top-ligalar uchun 10 va undan ortiq o‘yinchi tayyorlab berganlar joy olishdi. Lekin ro‘yxatda «Fulxem» va «Nottingem Forest» (9 nafardan), «Everton», «Charlton» va «Lids» (7 nafardan) ham joy olishgan.

** Yetakchi chempionatlar beshligida aynan Angliya ta’minotchilik bobida oxirgi o‘rinda bormoqda.

Ispaniya

** «Real» va «Barselona» xususida fikr bildirib o‘tdik. Ulardan keyingi o‘rinda «Valensiya» bormoqda - «ko‘rshapalaklar» inqiroz davrida ham yetakchi o‘rinni saqlab qoldilar;

** Basklar jamoalari - «Real Sosyedad» va «Atletik» asosan o‘z tarbiyalanuvchilariga tayanadilar, shu bois, top-ligalar ichida yetakchilar.

Italiya

** «Atalanta»ning parvozi tasodifiy emas: jamoa yosh iqtidorlarni savdo uchun tayyorlaydi, har transfer darchasida 25 nafar futbolchini ijaraga beradi. Ularning ayrimlari hatto bergamoliklar safida maydonga tushishga ulgurmasdan, boshqa jamoaga sotib yuboriladi - masalan, Deyan Kulushevski;

** «Roma», «Milan» va «Inter»dagi tarbiyachilik tizimi ham risoladagidek. «Yuventus» esa bu borada maqtana olmaydi. Vaholanki, 2018 yildan beri klub Juventus Next Gen dasturi ustida ishlamoqda. Balki bu tez orada o‘z samarasini namoyish etar;

** «Jenoa» «V» seriyasiga tushib ketdi, biroq uning 10 nafar tarbiyalanuvchisi top-chempionatlarda to‘p surmoqda. Masalan, Stefan El-SHaaravi va Mattia Perin.

Germaniya

** «Bavariya» nafaqat chempionlik, balki tarbiyalanuvchilar soni bo‘yicha ham yaqqol peshqadam. «Xoffenxaym» va «Shtutgart» uning yaqin ta’qibchilari. Darvoqe, Kimmix, Gnabri, Verner va Ryudigerlar «Shtutgart» «fabrikasi mahsulotlari»;

** Taajjubki, 3-Bundesliga vakili bo‘lmish «Myunxen-1860» klubi ham yetakchilar qatorida. Boz ustiga, uning vakillari taniqli o‘yinchilar: Folland, Noyxaus, Vaygl, Marius Volf va boshqalar;

** «Frayburg» va «Mayns» o‘z tarbiyalanuvchilariga ishonch bildiradilar, natija esa kuttirib qo‘ymayapti.

Fransiya

** Fransuz klublari top-ligalar uchun o‘yinchi tayyorlashda boshqalardan faolroqlar. Biryo‘la 16 klub 10 nafardan ko‘proq futbolchilarni top-chempionatlarga jo‘natishdi;

** «Lion» - ajoyib jamoa. Yosh iqtidorlarni qunt bilan tarbiyalaydi, keyin ular bilan muvaffaqiyatga erishadi va manfaatli tarzda sotib yuboradi. «Oltin To‘p»ning amaldagi sohibi qaysi klub tarbiyalanuvchisi ekanligini eslatish shart bo‘lmasa kerak;

** Ta’minotchilik bobida faqat Liga1 vakillari emas, quyi divizion klublari ham faollar. 2010 yildan beri elitaga chiqa olmayotgan «Gavr» futbol olamiga Mahrez, Kante, Pogba, Dimitri Paye va boshqa ko‘plab yulduzlarni hadya etgan.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:10, 13.12.2022.
O'qildi: 8158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.