Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Jek Grilish: «Har bir pozisiya uchun iqtidorlar bor»

Jek Grilish: «Har bir pozisiya uchun iqtidorlar bor»

Baho:
+ | -

Angliya milliy jamoasi JCH-2022 birinchi «pley-off» raundidan o‘rin olgan Senegal termasiga qarshi o‘yinda hujumkor futbolning ajoyib namunasini ko‘rsatdi.

Angliya milliy jamoasi JCH-2022 birinchi «pley-off» raundidan o‘rin olgan Senegal termasiga qarshi o‘yinda hujumkor futbolning ajoyib namunasini ko‘rsatdi. Buning samarasi - 3:0 hisobidagi yorqin g‘alaba! O‘sha oqshomning haqiqiy voqeligi esa hali oldinda edi. Xullas, Garet Sautgeyt shogirdlari chorak final masalasini hal qilib, mehmonxonaga qaytishgach, ularni Souq Al-Wakra xodimlari terma jamoa formasida, raqs va qo‘shiq uyg‘unligida kutib olishdi - ajoyib manzara. Angliya termasi matbuot xizmati tomonidan internetga joylangan chiroyli qarshi olish videosi tezda keng tarqaldi. Shu tariqa Garet Sautgeyt bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan 2018 yildan buyon «uch sherlar» lageridagi fantastik kayfiyat ilk marta yaqqol namoyon bo‘ldi. Yarim himoyachi Jek Grilish esa chorak final o‘yinidan oldin FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, milliy jamoada chindan ham, havas uyg‘otadigan muhit, birdamlik shakllanganini alohida tilga oldi. «Manchester Siti» vakilining baralla aytishicha, uning jamoasi Qatar maydonlarida ko‘rsatgan o‘yini bilan ham hurmatga loyiq.

- Avvalo, jahon chempionati-2022 taqdim etgan taassurotlar bilan o‘rtoqlashsangiz... 

- To‘g‘risi, barchasi zo‘r. Jahon futbol forumida qatnashish va yigitlar bilan birlashgan holda vatan sha’nini himoya qilish - o‘zgacha zavqli holat. Umuman, JCHning o‘zi boshqacha bayram, uning bir qismiga aylanish esa ta’riflanmas voqelik.

- Senegal termasini dog‘da qoldirib, jamoa qo‘nimgohiga qaytganinglardan keyin yuzaga kelgan manzara videosi ijtimoiy tarmoqlarda rosa «aylandi». Bunday qabulni kutganmidinglar?

- Biz to‘xtagan mehmonxona xodimlariga gap yo‘q, ular bilan ancha yaqinlashib qoldik. Bunday e’tibor har kimni to‘l­qinlantirib yuborishi tayin. Muassasa ishchilari bizni chinakamiga qo‘llab-quvvatlashmoqda, imkoniyatga qarab, ular bilan gaplashishga harakat qilyapmiz. Bilasizmi, mehmonxonaning har bir xodimi o‘zini jamoamizga yaqin olmoqdaki, bunday munosabat evaziga g‘alabangni bo‘lishishni xohlab qolasan beixtiyor. Umuman, atrofingdagilar bilan yaxshi chiqishib ketishing juda muhim. Yana bir tomoni, bu kabi mehmonxonalar har kuni ham Angliya terma jamoasi futbolchilari, APL yulduzlarini qabul qilavermaydi. Shu ma’noda aytsak, bizga xizmat ko‘rsatish mahalliy ishchilar uchun katta ahamiyat kasb etayotgandir. Ular ulashgan «syurpriz»ga kelsak, barchasi chiroyli chiqdi, juda yoqimli bo‘ldi. Umid qilamizki, xodimlarga munosib javob bera olamiz. 

- JCHda gol urish qanday ekan?

- Ta’riflashga til ojiz. Qanday holatga tushganim yaqqol sezilgandir... O‘ylaymanki, JCHdagi debyutni gol bilan bezaganim oilam va barcha muxlislarim uchun alohida voqelik bo‘ldi. Endi oldimda turgan asosiy vazifa - ko‘proq gol urish asnosida jamoamga imkon qadar yordam berishga intilish. Bilasizmi, qancha yoqimli bo‘lmasin, kechagi o‘yinlar o‘tmishda qoldi va navbatdagisini intiqlik bilan kutyapman. 

- Golingizni qayta ko‘rdingizmi?

- Bu men urgan eng chiroyli gol emas. Shunchaki, to‘pga tegindim, xolos. Eng muhimi - kerakli vaqt kerakli nuqtada paydo bo‘lganim. Albatta, golni qayta-qayta ko‘rdim, axir bu xotiramda abadiy qoladigan lahza-ku. Menimcha, bu gol har safar ko‘rganimda, meni xayolan ortga qaytaradigan va yuzimga tabassum ulashadigan go‘zal xotiradir.

- Senegal termasiga qarshi o‘yin ancha quvnoq o‘tdi. Garet Sautgeyt ham to‘liq qoniqish hosil qilgandir...

- Ha, albatta. O‘ylaymanki, bu o‘yinda kuchimizga ishonch nuqtai nazaridan oldinga katta qadam tashladik. Aslida maydonda og‘ir kurash borishini bilardik, amalda ham shunday bo‘ldi. Asosiysi, yigitlarning uyg‘un harakatlari ajoyib chiqdi, shunga muvofiq, o‘yin borishini to‘liq nazorat ostida ushladik. Yoqimli tomoni, o‘yinlarda shunchaki, g‘alaba qozonmayapmiz, balki barchasini nazoratga olyapmiz. Menimcha, hamon yuksalish yo‘lidamiz. Ha, JCHda juda ko‘p gol urdik, hattoki, ishtirokchilar orasida eng ko‘pini. Qolaversa, ketma-ket 3ta o‘yinni «quruq» yakunladik. Demak, hozirgi jamoamiz ishonchga to‘la, hamjihatlik ham joyida.

- O‘yindan keyin Jud Bellingem atrofida kuchli shov-shuv ko‘tarildi. Uning JCHdagi ishtiroki haqida nima deysiz?

- Rostdan ham, Jud eng zo‘ri bo‘ldi. O‘zi undan boshqacha o‘yin kutmagandik. Axir Bellingem mavsumni Dortmundda shunday yorqin boshladi, hatto CHLda ham nimalarga qodirligini ko‘rsatdi. Qatarda faollikni yanada oshirishiga ishongan edik. Mana, u hozir shunchaki, yonmoqda! Angliyada yigitchadan bosh­qa hech narsa kutishmagandi. Jud endi 19 yoshni qarshi olganini o‘ylasak, aqldan ozish hech gap emas. Barchamiz o‘tmishda ne-ne zo‘r futbolchilarni ko‘rganmiz, lekin mantiqan qaraganda, 19 yoshda bu qadar kuchli taassurot uyg‘otganlari juda kam. Qarang, Jud xuddi 25-30 yoshli futbolchidek dadil o‘ynamoqda. Qolaversa, bir necha yildan buyon eng yuqori darajada! Xullas, unda yetuk futbolchi bo‘lish uchun zarur hammasi bor: himoyada ishlash fazilati, to‘pni olib qo‘yish layoqati, tezlik, dribling... Asosiysi, Jud gollar urish va assistentlik qilishni ham qoyillatmoqda.

- Yurtdan uzoqda yashash...

- Bunda qiyin tomoni yo‘q. Mana, Qatarda katta orzular og‘ushida ishlayapmiz. To‘g‘risi, bolalik yillari JCHda mamlakat nomidan o‘ynashni xayolimga ham keltirmaganman. Endi turnirning har bir daqiqasidan bahra olishni istayman. Bilasizmi, kechqurun mehmonxonaga qaytganingizda ham, charchoq emas, ko‘tarinkilikni his qilasiz. Chunki jahon chempionatida o‘z mamlakatingiz bayrog‘i uchun o‘ynayapsiz. Xullas, barchasidan chinakamiga nafas olish va imkon qadar zavqlanishni xohlayman.

- Hozirgi jamoangiz uchun chegara bormi?

- Yo‘q, har bir o‘yinni boricha qabul qilamiz. O‘ylaymanki, ko‘pchilik bu jamoa naqadar salohiyatli ekanligini tushunib yetdi. Mana, Jud haqida gapirdik, tarkibimizda Fil, Bukayo va Garri Keyn kabi ijrochilar ham bor. To‘g‘risi, har bir pozisiyamiz shunday iqtidorlarga to‘la. Menimcha, hozirgi jamoamiz har qanaqasiga hurmatga loyiq. Aytganimdek, bizda 3ta «quruq» o‘yin va mahsuldorlik bor. Menimcha, futbolda bundan ortig‘i bo‘lmaydi...

P.S.: Jek Grilish Fransiya termasiga qarshi kechgan chorak final o‘yinida maydonga tushmadi va inglizlar 1:2 hisobida yutqazib, JCH bilan xayrlashishdi. 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 16.12.2022.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.