Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

JCH-2022. Xorvatiya bronza medalini qo‘lga kiritdi

JCH-2022. Xorvatiya bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionatining bronza medali uchun Marokashga qarshi bahsda ishtirok etib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yevropaliklar o‘yinni ancha faol boshlab, raqiblarini dovdiratib qo‘yishdi. Natijada ular 7-daqiqada hisobni ochishdi. Modrich tomonidan jarimadan yetkazilgan uzatmani Perishich bosh bilan 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Yoshko Gvardiol esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p to‘sinni silab to‘rga borib tushdi — 1:0.

Oradan 2 daqiqa o‘tib marokashliklar ham "standart"dan hisobni tenglashtirishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatma Mayerning boshiga tegib yuqoriga ko‘tarildi. Doriy esa darvozaga yaqin masofadan bosh bilan darvozani zabt etdi — 1:1.

Birinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida "shaxmatranglilar" yana oldinga o‘tib olishdi. Xorvatiyaning hujumi paytida afrikaliklar raqibning xavfli hujumini bartaraf etgandek bo‘lishgandi, ammo Bilol el-Xannus o‘z jarima maydoni tashqarisida to‘pni xorvatiyalik futbolchiga berib qo‘ydi. Jarima maydoniga o‘ng qanotdan kirgan Orshich uzatma berildi. Mislav esa "parashyut" zarba berishga qaror qildi. To‘p darvozabonning ustidan oshib o‘tib, ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi — 2:1.

Ikkinchi taymda har ikka jamoada ikkitadan gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Xorvatlarda Orshich va Kovachichning zarbalariga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, marokashliklarda En-Nesiriy ikkita imkoniyatdan foydalana olmadi. Yussufning bir zarbasini Livakovich mahorat bilan qaytargan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan 6-daqiqada hujumchining bosh bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Shu tariqa, Xorvatiya o‘z tarixida ikkinchi marta bronza medaliga ega chiqdi. Marokash esa turnirni 4-o‘rin bilan yakunladi.

JCH-2022. Bronza medali uchun bahs
Xorvatiya – Marokash 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Gvardiol, 1:1 – 9 Dariy, 2:1 – 42 Orshich.
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Gvardiol, Perishich, Modrich, Kovachich, Mayer (Pashalich, 66), Kramarich (Vlashich, 61), Orshich (Yakich, 90), Livaya (Petkovich, 66).
Marokash – Bunu, Hakimiy, El-YAmiq (Amalloh, 67), Dariy (Banun, 64), Attiyatulloh, Amrabat, Sobiriy (Shoir, 46), El-Xannus (Unahiyo, 56), Ziyesh, Bufal (Zaruriy, 64), En-Nesiriy.
Ogohlantirishlar: Unahiy (69), Amalloh (84).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:07, 17.12.2022.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик